tgoop.com/oriftolib/2785
Last Update:
U uni asabiylashtirardi...
Ingliz, rus yoki boshqa bir slavyan tilidan oʻzbek tiliga matn tarjima qilganda yosh tarjimonlarda koʻp uchraydigan xatolardan biri asl tilda rod bilan (he/she, on/ona, il/elle) ifodalangan olmoshlarning hammasini u deb tarjima qilishdir. Grammatik jihatdan hech qanday xato yoʻq, lekin oʻzbek kitobxoni oʻqiganda tushunmovchilik boʻladi.
He irritated her/ Он раздражал её degan gapni oʻqiganimizda oʻgʻil bola/erkak kishi qizning/ayolning asabiga tekkanini tushunamiz, lekin oʻzbek tiliga U uni asabiylashtirardi deb tarjima qilsak, kim kimning asabiga teggani uncha ochiqlanmaydi-da. Bunday oʻrinlarda oʻsha qahramonlarning ismini, agar ismi hali nomaʼlum boʻlsa, jinsini koʻrsatib ketganimiz maʼqulroq boʻladi. Masalan, Yigit Letitsiyani asabiylashtirardi yoki hech boʻlmaganda U qizni asabiylashtirardi kabi.
Shoshmasang-chi sahifasidan
@oriftolib
BY Orif Tolib

Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/2785