tgoop.com/oriftolib/2450
Create:
Last Update:
Last Update:
Iqlim – yetti iqlim kezgan soʻz
Bu soʻzning ildizi ham qadim yunon tiliga borib taqaladi. Asliyatda klima, klimatos shakliga va egish, engashtirish; mayl, moyillik maʼnosiga ega boʻlgan ushbu soʻz arab tili orqali oʻzbekchaga oʻzlashgan. Tilimizda muayyan joyning oʻziga xos, har yili takrorlanuvchi odatdagi ob-havo sharoitini, dunyo qismini, mintaqani, koʻchma maʼnoda esa sharoitni anglatadi.
Yetti iqlim iborasi qadimgi geograflar tasavvuridagi Yerning yetti mintaqasidan har birini bildiradi.
Bu soʻz koʻplab Yevropa tillariga lotin tili vositasida oʻtgan. U, masalan, inglizchada climate, ispanchada clima, nemischada klima, fransuzchada climat, ruschada klimat shakliga ega.
#Doʻppi_kiygan_soʻzlar
@oriftolib
BY Orif Tolib

Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/2450