tgoop.com/oriftolib/2431
Create:
Last Update:
Last Update:
Baxshi – qadim soʻz
Baxshi soʻzi oʻzbekcha ham, moʻgʻulcha ham, forscha ham emas. Uning ildizi sanskrit tiliga borib taqaladi. Asliyatda bhikshu koʻrinishiga ega va budda ruhoniysi; duoxon; darvesh kabi maʼnolarni anglatadi. Oʻzbek tilida xalq dostonlarini aytuvchi oqin; azayimxon; Buxoro xonligidagi lavozim egasi kabi maʼnolarga ega:
Dutorsiz baxshi boʻlmas,
Yomonsiz – yaxshi.
Maqol.
Sotiboldining xotini ogʻrib qoldi. Baxshi oʻqidi. Allaqanday bir xotin kelib, tolning xipchini bilan savaladi.
A. Qahhor, “Bemor”.
Buxoro xonligida maʼmuriy binolar qurishda mablagʻ hisobini olib boruvchi kishilarni, turkmanlarda urugʻ oqsoqollarini baxshi deb atashgan.
“OʻzME”.
#Doʻppi_kiygan_soʻzlar
@oriftolib
BY Orif Tolib
Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/2431