tgoop.com/oriftolib/2426
Last Update:
Antiqa va osori atiqa
Antiqa soʻzining ildizi lotincha antiquus – qadimgi soʻziga borib taqaladi. Oʻzbek tilida qadimdan qolgan, hayratga soladigan kabi maʼnolarda qoʻllanadi. Soʻzni qadimgi degan maʼnoda qoʻllash allaqachon eskirgan. U hozir asosan qoyil qoldiradigan maʼnosida ishlatilyapti:
Otamurod oddiy bodring, pomidorlarni turli usullarda qirqib, antiqa salatlar tayyorlar... Zulxumor boʻlsa, uning bu sanʼatiga mahliyo boʻlib oʻtirar edi.
M. Mansurov, “Yombi”.
Osori atiqa iborasidagi atiqa soʻzi ham antiqa bilan oʻzakdosh. Osor arabchadan olingan, asar, nishona maʼnosida. Osori atiqa qadim dunyo nishonalari, qadimdan, antik dunyodan qolgan yodgorliklar, obidalardir:
Bu osori atiqalar oʻzida oʻtmish nafasini saqlab qolgan.
Gazetadan.
#Doʻppi_kiygan_soʻzlar
@oriftolib
BY Orif Tolib

Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/2426