Notice: file_put_contents(): Write of 20230 bytes failed with errno=28 No space left on device in /var/www/tgoop/post.php on line 50
Orif Tolib@oriftolib P.2240
ORIFTOLIB Telegram 2240
Harorat oraligʻi qanday ifodalanadi?

Oraliqlarni ifodalash ham koʻp chalkashtiradi. Jumladan, haroratni koʻrsatganda plyus va minus belgilarini qoʻllash boʻyicha xilma-xil usullar bor.

Koʻp ishlatiladigan usullar:

10–15 °C iliq
10–15 °C sovuq
+10 dan +15 °C gacha
+10 dan +15 gradusgacha
+10 gradusdan +15 gradusgacha
−2 dan +10 °C gacha
−2 dan +10 gradusgacha
Selsiy boʻyicha −2 dan +10 gradusgacha
+10...+15 °C
−10...−15 °C

❗️ Minus va tire ketma-ket kelib, chalkash holat paydo boʻlgani uchun mana bunday shakldan foydalanmaslikni tavsiya etaman:

−10 – −15 °C
+10 – +15 °C

° belgisini chiqarish uchun Windowsʼda ALT+0176 tugmalarini bosish kerak.

Maxsus minus belgisi (−)ni MS Word dasturida belgilar qatoridan topish mumkin. Lekin amaliyotda uning oʻrniga defis (-) yoki oʻrtacha tire (–) ishlatish odat tusiga kirgan.

Temperatura oʻlcham birliklari ichida Selsiy (℃), Farengeyt (toʻgʻrisi – Farenheyt, ℉) va Kelvin (K) shkalalari mashhur. Bundan boshqa shkalalar ham bor.

Selsiy boʻyicha 100 daraja haroratning Farenheyt va Kelvindagi koʻrinishi:

100 ℃ = 212 ℉ = 373,15 K

Shkalalarning barchasi olimlar nomiga qoʻyilgan va bosh harf bilan yoziladi.

🔄 Mavzuga aloqador:
👉 Oʻlcham birliklari qanday yoziladi?
👉 Qiymat va belgi oʻrtasida boʻsh joy qoldiriladi
👉 Hosila birliklar: yo qisqartma bilan, yo toʻliq
👉 Axborot miqdori oʻlchamlari
👉 Oraliqdagi qiymat qanday ifodalanadi?
👉 Gradus belgisidan oldin boʻsh joy kerakmi yoki yoʻq?

@oriftolib
👍19

tgoop.com/oriftolib/2240
Create:
Last Update:

BY Orif Tolib

Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/2240

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Hui said the messages, which included urging the disruption of airport operations, were attempts to incite followers to make use of poisonous, corrosive or flammable substances to vandalize police vehicles, and also called on others to make weapons to harm police. SUCK Channel Telegram Select “New Channel” Telegram Channels requirements & features Done! Now you’re the proud owner of a Telegram channel. The next step is to set up and customize your channel.
from us

Telegram Orif Tolib
FROM American