tgoop.com/oriftolib/1203
Create:
Last Update:
Last Update:
“Rihlat” nima degani?
Rihlat so‘zi arabchadan olingan, asliyatda safar, sayohat; jo‘nash, ko‘chib ketish ma’nolarini bildiradi. O‘zbek tilida esa ko‘chish; o‘lish ma’nosida qo‘llanadi:
Odam esa gunoh-u savobning o‘rtasida, kuni bitganini bilmay, narigi dunyoga rihlat qiladi.
N. Qobil, “Unutilgan sohillar”.
Volida ham dorilfanodan dorilbaqoga rihlat qildilar.
“Mushtum”.
Hozirgi tilda ko‘chish ma’nosi ham asosan o‘lim mazmunini ifodalash uchun ishlatilyapti. Rihlat qildi iborasi aksariyat o‘rinlarda vafot etdi, dunyodan o‘tdi ma’nolarini anglatyapti.
📌 Demak,
Rihlat ✅
Rixlat ❌
👉 To‘liq o‘qish
@oriftolib
BY Orif Tolib
Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/1203