tgoop.com/ochiq_mikrofon/110
Create:
Last Update:
Last Update:
#open_mic
Ijodkor doʻstlarimiz oʻtkazayotgan “Ochiq mikrofon” loyihasining bu galgi soni yonadiganga oʻxshayotir. Sahnaga chiqadiganlar hammasi kazo-kazolar ekan oʻziyam.
Shoirlarni aytmasam ham bilib boʻldingiz. Nosirlardan Nurali Qahramon ham bor ekan, bu yigitni qaytadan kashf qiladiganga oʻxshaymiz.
Alp Asli turkchadan oʻgirmalarini taqdim etarmish. Ishqilib, Kichik Iskandarning “a-ya-ya” sheʼrlarini baralla aytib, shoʻrlik qizginalar-u boʻz yigitlarning dudoqlarini duv qizartirmasa goʻrga edi.
Ustiga ustak, Ohista Jamshid (DalaHast guruhi) tadbir mehmoni boʻlib, oʻtli-oʻtli qoʻshiqlarini kuylashi kutilyapti. Oldindan sezyapman, oʻsha kuni kitob doʻkon yertoʻlasida bir qarich ham boʻsh joy qolmasa kerak.
@usmonosphere
BY Ochiq mikrofon

Share with your friend now:
tgoop.com/ochiq_mikrofon/110