tgoop.com/nodir_ruzimurodov/95
Last Update:
Nega Middle yoki Senior Python developerlar odoo ga o'tishi kerak? 🤔
Biz kompaniyamizda 1 yildan beri bu platformada loyihalar bajarib kelmoqdamiz va buni har xil afzalliklarini ko'rdik, quyida nega aynan yuqori darajali bo'laman degan dasturchilar odoo'ga o'tishi kerakligi haqida faktlar keltiryapman:
👉 Unda siz faqat pure algoritmlarni, faqat biznes logikani yozish bilan shug'ullanasiz. Tayyor modullaridan foydalanib, kichik modullar va takrorlarnuvchi kodlarni yozmaysiz, hammasini sizgacha siz qilishiz mumkin bo'lganidanam mukammalroq qilib, community'dagi 2500+ dasturchilar birgalashib Open source da yozishadi. CRM, Inventory, Ecommerce, Sales kabi modullar juda dinamik istalgan biznesga mos qilib yozib qoyilgan, biroz custom'lasangiz bo'ldi.
👉 Siz arxitekturadi chiroyli qurishga qayg'ursangiz bas. Adminkada endi filtr, search, custom filter, mapda ko'rsatish, hisobot tablitsada ko'rsatish, kanban qilish, dinamik tablitsa qilish, ... bo'yicha o'ylanib o'tirmaysiz. Tayyor adminka modelizdagi data typelar qarab generatsiya qilinadi, klient yoki PMga tayyor adminkani xohlaganicha o'zi o'zgartirib olaveradi. 
👉 Development tezkorligi yuqori. Yuqoridagi afzalliklar bilan siz loyihani qurishni karrasiga oshirishingiz mumkin va tejalgan vaqtga yanada qiziqarli va foydali loyihalar qurishga o'tib soqqangizni o'ylashingiz mumkin.
@OlimovAmon
BY Ro'zimurodov Nodirjon || Personal Blog

Share with your friend now:
tgoop.com/nodir_ruzimurodov/95
