tgoop.com/nodavlattalim/4328
Last Update:
O‘qishga kirish bor-u, ketish yo‘q!
Termiz iqtisodiyot va servis universitetidagi sarsongarchiliklar davom etmoqda. Bizga kelayotgan murojaatlar shuni ko‘rsatmoqdaki, universitet rahbariyati o'qishini ko'chirib ketmoqchi bo'lgan talabalarni ushlab qolish uchun qo‘lidan kelgan barcha chorani ko‘rmoqda.
Farosatli rahbar esa biroz o‘ylab ko‘radi: “Nega talabalar bizni tark etyapti?” — degan savolni o‘ziga beradi va javobini ham ketayotgan talabalardan oladi. Axir ketayotgan odam borini aytadi: masalan, sifatsiz ta’lim, byurokratik tizim, saviyasiz pedagoglar yoki boshqa sabablar, deyishi mumkin.
Mayli, kuzatamiz, bu safar vazirlikning so‘zi o‘tadimi yoki oliygoh uni e’tiborsiz qoldirib, yana o‘z bilganicha ish tutadi.