tgoop.com/nmpi1934/50503
Create:
Last Update:
Last Update:
▪️ Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutı Filologiya fakulteti ózbek ádebiyatı kafedrası tárepinen «Túrkiy xalıqlar ádebiyatınıń izertleniwinde innovaciyalıq qatnaslar» atamasındaǵı xalıqaralıq ilimiy-ámeliy konferenciya shólkemlestirildi.
Ilajǵa Ózbekstan, Qazaqstan, Qırǵızstan, Túrkiya, Ázerbayjan sıyaqlı mámleketlerdiń jetekshi joqarı oqıw orınları hám ilimiy oraylarınan belgili ilimpazlar, professor-oqıtıwshılar hám jas izleniwshiler qatnastı.
Konferenciyanıń ashılıw plenar májilisinde instituttıń ilimiy isler hám innovaciyalar boyınsha prorektorı Quwanıshbay Seytnazarov sózge shıǵıp, ilajdıń ámeliy áhmiyeti hám onnan kútilip atırǵan nátiyjelerge toqtaldı jáne konferenciya jumıslarına tabıslar tiledi.
🔹Konferenciyada túrkiy xalıqlardıń ádebiy miyrasın úyreniwde zamanagóy qatnaslar, sanlı texnologiyalardı engiziw, ádebiyattanıwdaǵı innovaciyalıq izertlew metodları hám mádeniy baylanıslardı bekkemlew máseleleri dodalandı.
🔸Ilimiy bayanatlar dawamında qatnasıwshılar óz ara tájiriybe almasıp, túrkiy xalıqlar ádebiyatın salıstırmalı úyreniw, awdarma processleri hám elektron ádebiy bazalar jaratıw boyınsha áhmiyetli usınısların bildirdi.
Bul xalıqaralıq konferenciya túrkiy xalıqlar ádebiy miyrasın tereń izertlew, ilimiy baylanıslardı bekkemlew hám ádebiyattanıw tarawında innovaciyalıq ideyalardı engiziw baǵdarında úlken ámeliy áhmiyetke iye boldı.
*********
▪️ Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti o‘zbek adabiyoti kafedrasi tomonidan “Turkiy xalqlar adabiyoti tadqiqida innovatsion yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Ozarbayjon kabi davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlaridan taniqli olimlar, professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Konferensiyaning ochilish plenar majlisida institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Quanishbay Seytnazarov so‘zga chiqib, tadbirning amaliy ahamiyati va undan kutilayotgan natijalarga to‘xtaldi hamda konferensiya ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.
🔹Konferensiyada turkiy xalqlar adabiy merosini o‘rganishda zamonaviy yondashuvlar, raqamli texnologiyalarni joriy etish, adabiyotshunoslikdagi innovatsion tadqiqot usullari va madaniy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
🔸Ilmiy ma’ruzalar davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, turkiy xalqlar adabiyotini qiyosiy o‘rganish, tarjima jarayonlari va elektron adabiy bazalar yaratish bo‘yicha muhim takliflarini bildirdi.
Ushbu xalqaro konferensiya turkiy xalqlar adabiy merosini chuqur tadqiq etish, ilmiy aloqalarni mustahkamlash va adabiyotshunoslik sohasida innovatsion g‘oyalarni joriy etish borasida katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi.
Bizdi baqlap barıń