tgoop.com/nmpi1934/50478
Create:
Last Update:
Last Update:
✅ Miymanlar – universitettiń ilimiy isler hám innovaciyalar boyınsha prorektorı Farhod Alisherov, transformaciya isleri boyınsha prorektorı Rahmonjon Ahmadjonov ÓzMPUda ámelge asırılıp atırǵan transformaciya processleri, onıń strategiyası hám basqa pedagogikalıq joqarı oqıw orınlarına engiziw imkaniyatları, ilimiy hám innovaciyalıq baǵdardaǵı ulıwmalıq maqsetler hám wazıypalar, óz ara birge islesiwdi bekkemlew, tájiriybe almasıw hám birgeliktegi joybarlardı shólkemlestiriwdiń áhmiyetine toqtalıp, aldaǵı wazıypalar boyınsha pikir almastı.
🔸Ushırasıwda instituttıń oqıw isleri boyınsha prorektorı Muxtar Ibragimov, ilimiy isler hám innovaciyalar boyınsha prorektorı Quwanıshbay Seytnazarov hám Anıq pánler fakultetiniń dekanatı jáne kafedra baslıqları mámleketimiz basshısınıń «Pedagog kadrlar tayarlaw sistemasın bunnan bılay da jetilistiriw ilajları haqqında»ǵı pármanı tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar haqqında maǵlıwmat berdi.
🔹Ilajda institutta Anıq pánler joqarı mektebiniń jumısların jolǵa qoyıw, jańa xalıqaralıq oqıw baǵdarlamaların engiziw, professor-oqıtıwshılardıń qánigeligin jetilistiriw, transformaciya procesin nátiyjeli basqarıw ushın jumısshı topar dúziw boyınsha usınıslar bildirildi.
🤝Ushırasıw sońında tárepler bilimlendiriwdiń barlıq basqıshlarında óz ara birge islesiwdi bekkemlew hám turaqlı tájiriybe almasıwǵa kelisip aldı.
*********
✅ Mehmonlar – universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Farhod Alisherov, transformatsiya ishlari bo‘yicha prorektori Rahmonjon Ahmadjonov O‘zMPUda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari, uning strategiyasi va boshqa pedagogik oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etish imkoniyatlari, ilmiy va innovatsion yo‘nalishdagi umumiy maqsad hamda vazifalar, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni tashkil etishning ahamiyatiga to‘xtalib, kelgusi vazifalar bo‘yicha fikr almashdi.
🔸Uchrashuvda institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Muxtar Ibragimov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Quanishbay Seytnazarov hamda Aniq fanlar fakulteti dekanati va kafedra mudirlari davlatimiz rahbarining “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
🔹Tadbirda institutda Aniq fanlar oliy maktabi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yangi xalqaro o‘quv dasturlarini joriy etish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, transformatsiya jarayonini samarali boshqarish uchun ishchi guruh tuzish bo‘yicha takliflar bildirildi.
🤝Uchrashuv yakunida tomonlar ta’limning barcha bosqichlarida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va doimiy tajriba almashishga kelishib oldilar.
Bizdi baqlap barıń