tgoop.com/nmpi1934/50314
Create:
Last Update:
Last Update:
▪️ Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining o‘tgan o‘quv yili davomida olib borgan ishlarini muhokama qilish, kelgusida qilinadigan ishlarni belgilab olish hamda yoshlar yetakchisini saylashga bag‘ishlangan hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir boshlang‘ich tashkilot a’zolari va talabalarning yutuqlari aks etgan ko‘rgazma bilan boshlandi.
Bugungi kunda institutda 13 mingga yaqin talabalar tahsil olayotgan bo‘lib, shundan 30 yoshga to‘lmagan 9 mingdan ortiq talabalar yoshlar ittifoqining a’zolaridir. O‘tkazilgan majlisda ulardan 200 nafar delegat ishtirok etdi.
Yig‘ilishni institutning yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy bo‘limi boshlig‘i Aybek Bazarbayev olib bordi.
Kun tartibiga muvofiq, yig‘ilishda boshlang‘ich tashkilot tomonidan 2024-2025-o‘quv yilida olib borilgan ishlar yakuni, shuningdek, boshlang‘ich tashkilot rahbarini saylash va uning a’zolari tarkibini tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.
↪️ Yig‘ilish kun tartibidagi birinchi masala bo‘yicha shu kungacha institut yoshlar yetakchisi bo‘lib ishlagan Bayrambay Gulimbetov so‘zga chiqib, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi va o‘tkazilgan tadbirlardan tayyorlangan videorolikni delegatlar e’tiboriga taqdim etdi.
🔸Shu bilan birga, u ko‘p yillar davomida institutda yoshlar bilan hamkorlikda samarali faoliyat olib borganligi, ayni paytda ilmiy ijod bilan shug‘ullanayotganligini inobatga olib, yoshlar yetakchisi lavozimini munosib nomzodga topshirishini ta’kidladi.
Shundan so‘ng institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Quvondiq Qodirov, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga mas’ullar va delegatlar so‘zga chiqib, institutda yoshlar bilan ishlashda yoshlar yetakchisining roli alohida ekanligi, Bayrambay Gulimbetov bu vazifani bir necha yillar davomida sidqidildan bajarib kelayotganligiga to‘xtalib, uning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
🔹Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi mas’ullari tomonidan o‘tkazilgan suhbat natijalariga muvofiq, yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi lavozimiga Qasimov Yerniyaz Ajiniyaz o‘g‘lining nomzodi tavsiya etildi.✅ Shunday qilib, delegatlar tomonidan ovoz berish yo‘li bilan institut yoshlar yetakchiligiga Qasimov Yerniyaz Ajiniyaz o‘g‘li saylandi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, Yerniyaz Qasimov 2024-yilda institutning milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi bakalavr yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomlab, shu kunga qadar ma’naviyat bo‘limi metodisti bo‘lib ishladi. Uning yoshlar bilan ishlashda quyi bo‘g‘indan boshlab to‘plagan tajribasi va amalga oshirayotgan ishlari inobatga olinib, joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumi qarori asosida “Umid uchquni” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, u hozirda magistratura bosqichida davlat granti asosida o‘qishini davom ettirmoqda.
🔖Yig‘ilish davomida Yerniyaz Qasimov so‘zga chiqib, bildirilayotgan ishonch uchun institut hamda yoshlar ittifoqi rahbariyatiga, talaba-yoshlar nomidan ishtirok etayotgan delegatlarga minnatdorlik bildirdi va kelgusi rejalari bilan tanishtirdi.
Shuningdek, tadbirda delegatlar tomonidan yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti loyihalari koordinatorlari ham saylandi.
Tadbir yakunida delegatlar so‘zga chiqib, bugungi saylangan yoshlar yetakchisiga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Bizni kuzating