tgoop.com/nmpi1934/48450
Create:
Last Update:
Last Update:
Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriwi ministri institutqa keldi
◾️ Búgin, 12-iyul kúni Ózbekstan Respublikası Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriwi ministri Hilola Umarova hám Qaraqalpaqstan Respublikası Ministrler Keńesiniń Baslıǵı Farxod Ermanov qatnasıwında Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutınıń professor-oqıtıwshıları menen ashıq sáwbetlesiw bolıp ótti.
Ilajǵa tiyisli juwapkerler hám instituttıń pedagogikalıq jámááti qatnasıp, ámelge asırılıp atırǵan jumıslar, aldaǵı wazıypalar boyınsha óz pikir-usınısların bildirdi.
Ashıq sáwbetlesiw dawamında Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutı rektorı etip tayınlanǵan Alisher Ubbiev institut jámáátine tanıstırıldı.
↪️ Bunnan soń ministr Hilola Umarova institutta Prezident qararı tiykarında ashılǵan Ájiniyaz muzeyi menen tanıstı hám institut janında shólkemlestirilgen 90 orınǵa mólsherlengen mektepke shekemgi bilimlendiriw shólkemin kózden ótkerdi.
Bul jerde jaratılǵan sharayatlardı úyrenip, óz usınısların bildirdi.
Ushırasıwda, sonday-aq, mektepke shekemgi bilimlendiriw baǵdarında klaster usılında kadrlar tayarlaw boyınsha ámelge asırılıp atırǵan jumıslar tuwralı da sóz etildi.
Maǵlıwmat ornında atap ótiw kerek, paydalanıwǵa tapsırılıw aldında turǵan bul mektepke shekemgi bilimlendiriw shólkemi instituttıń byudjetten tısqarı qarjıları esabınan qurıp pitkerilgen.
*********
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri institutga tashrif buyurdi
◾️ Bugun, 12-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farxod Ermanov ishtirokida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining professor-o‘qituvchilari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tegishli mutasaddilar va institut pedagogik jamoasi ishtirok etib, amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi vazifalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Ochiq muloqot davomida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlangan Alisher Ubbiyev institut jamoasiga tanishtirildi.
↪️ Shundan so‘ng vazir Hilola Umarova institutda Prezident qarori asosida ochilgan Ajiniyoz muzeyi bilan tanishdi hamda institut qoshida tashkil etilgan 90 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim muassasasini ko‘zdan kechirdi.
Bu yerda yaratilgan sharoitlarni o‘rganib, o‘z takliflarini bildirdi.
Uchrashuvda, shuningdek, maktabgacha ta’lim yo‘nalishida klaster usulida kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham so‘z yuritildi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, foydalanishga topshirish arafasida turgan ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qurib bitkazilgan.
Bizdi baqlap barıń