TypeScript Go tilida qayta tug‘ilmoqda! Microsoftdan kutilmagan syurpriz!
Microsoft TypeScript kompilyatorini Go tilida qayta yozishga qaror qildi va bu IT olamida katta shov-shuv ko'tarilishiga sabab bo'lmoqda! Nima uchun?
1. Tezlik - 10x oshadi!
TypeScript hozir JavaScript va TypeScript ning o'zida yozilgan, ammo katta loyihalarda bu Microsoft uchun qimmatga tushyapti. Masalan, VS Code sekin ishga tushadi, build jarayonlari esa cho‘zilib ketadi. Sababi, VS Code ham TS, JS da yozilgan (hozirgi yangi chiqayotgan AI ga asoslangan editorlarning 90% qismi ham VS Code ustiga qurilgan). Microsoft esa Go orqali bu muammoni yechmoqchi: Go’ning yengil tabiati va tez kompilyatsiyasi tufayli TypeScript 10 baravar tezroq ishlaydi. Dasturchi sifatida IDE ni ochib, bir soniyada ishlashni boshlashni xohlamaysizmi?
2. JavaScript dunyosiga moslik - Go C# dan ustun!
TypeScript JS ekotizimining yuragi. Go esa sodda sintaksisi va JS’ga o‘xshash tuzilishi bilan JS/TS dunyosiga C# ga qaraganda ancha yaqin. C# esa .NET runtime’ga bog‘liq va og‘irroq - uni har bir platformaga moslashtirish murakkab. Go esa bitta binary faylga aylanadi va Linux, Mac, Windows - hamma joyda bir zumda ishlaydi. JS dasturchilari uchun Go ni o‘rganish oson, C# esa "boshqa dunyo” dek tuyuladi.
3. Portlash oson - vaqt tejaladi!
Go bilan TypeScript’ni qator-ma-qator ko‘chirish mumkin, chunki uning xotira boshqaruvi (garbage collection) va soddaligi hozirgi mavjud kodni qayta yozishni osonlashtiradi. Agar C# tanlansa, .NET integratsiyasi va murakkab refactoring yillar talab qilardi. Go esa hozirgi semantikani saqlab, tez natija beradi. Aslida, Microsoft Rustni ham ko'rib chiqdi, ammo uni o‘rganish qiyinligi va qayta yozishdagi qiyinchiliklar uni bu tanlovlar safidan chiqardi.
4. C# ning darajasi pasaymaydi - bu strategik qadam!
“C# ni nima qilamiz?” deb xavotirlanmang. Microsoft C# ni Azure, korporativ dasturlar va boshqa sohalarda rivojlantirishda davom etyapti. Bu qaror C# ga xiyonat emas, balki TypeScript’ning o‘ziga xos ehtiyojlariga mos yechim. Go bilan Microsoft nafaqat tezlik, balki JS hamjamiyatining ham ishonchini qozonmoqchi. Shu bilan birgalikda, bu yangilik C# haqida emas, TypeScript haqida. Microsoft MVP sifatida shuni ayta olamanki, Microsoftning C# bo'yicha ham zo'r yangiliklari bor ...
Dasturchilar, nima deysiz?
Endi TypeScript bilan editor va dasturlaringiz uchadi, Siz qanday fikrdasiz?
@mukhammadkarim_tukhtaboev

Janob Panda
TypeScript Go tilida qayta tug‘ilmoqda! Microsoftdan kutilmagan syurpriz! Microsoft TypeScript kompilyatorini Go tilida qayta yozishga qaror qildi va bu IT olamida katta shov-shuv ko'tarilishiga sabab bo'lmoqda! Nima uchun? 1. Tezlik - 10x oshadi! TypeScript…
C# tilini dizayn qilgan va TypeScript ni Go ga ko'chirish ishlari bilan shug'illanayotgan akaning fikrlari ekan.
Qisqa qilib aytganda:
"Agar bu loyiha noldan boshlangan bo'lganida, bu butunlay boshqacha bo'lardi. Ammo bu noldan boshlash emas - bu 100+ odamning - yillar davomidagi mehnatining ko‘chirilishi. Ha, biz kompilyatorni C# da noldan qayta loyihalashtirishimiz mumkin edi va bu cho'tki bo‘lardi." 😄

1-kommentga e'tibor bering 😂
Sizlardan ham "kodni aytvoring" deb so'rashyaptimi?
@mukhammadkarim_tukhtaboev
Sizlardan ham "kodni aytvoring" deb so'rashyaptimi?
@mukhammadkarim_tukhtaboev
Keling siz uchun kasb tanlaymiz :)
Tushunaman, bu chalg'ituvchilar zamonida IT da biror kasbni ushlab qolishingiz qiyin. Biri backend ni o'rgan deydi, ikkinchisi esa frontend ni. Natijada, ko'p yoshlar oylarini, xattoki yillarini ham yo'qotyapti. Bir backend chi tanishim bo'lar edi. Hozir dizayn bilan shug'illanayotgan emish va bundan u judayam xursand.
Xullas, hozirgi ishlayotgan kompaniyamda jamoam bilan birgalikda shu muammoga 20 ta test savoli orqali yechim topishga harakat qildik. O'rtacha 5-6 daqiqa vaqt oladi.
👉 Hozir sinab ko‘ring: https://itskills.uz/career/test

Jetbrains IDE laridan foydalanadiganlar bo'lsa, menda kuponlar bor )
PHP chimisiz, Java chimisiz, Go da yozasizmi farqi yo'q. "C# zo'r" desangiz, beraman. 4 ta kuponim bor.
@mukhammadkarim_tukhtaboev
PHP chimisiz, Java chimisiz, Go da yozasizmi farqi yo'q. "C# zo'r" desangiz, beraman. 4 ta kuponim bor.
@mukhammadkarim_tukhtaboev
Yandex Uzbekistan Dev Meetup #2
10-aprel kuni Toshkentda Yandex mutaxassislari backend bo‘yicha amaliy tahlillar o'tkazishmoqchi. Unda nimalar muhokama qilinadi:
• Yandex Pro mahsulotlari qanday kengaytiriladi?
• Nega C++ + userver = mukammal tandem
• Yaxshi product engineer nimalarni bilishi kerak?
Batafsil ma’lumot uchun havolaga o‘ting.
Tadbir rus va o'zbek tillarida olib borilarkan, kimlar boradi?

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu kim??? 😁😁😁
O’sha paytlardan boshlab musofir bo’lganman shekilli. Ayamni o’zi yo’q ekan bu yerda 😅
Kelajagim haqida jiddiy suhbat bo’lyaptiyov )

Bugun bir mazza qilib duo qilay, rosa to'planib qolgan edi o'zi )
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ma'lum sabablarga ko'ra bu yil ham USA dagi Microsoft ning ofisiga MVP Summit uchun bora olmadim. Garchi shunday bo'lsada, meni e'tirof etishlari judayam xursand qiladi. Bobur aka sizdan minnatdorman.
@mukhammadkarim_tukhtaboev
@mukhammadkarim_tukhtaboev
Eskizni telegramini kimdir buzganga o'xshayapti. Istagan narsasini yozib, o'chirib va guruhning ham nomini "bir narsa" ga o'zgartirib qo'ydi. Eskizga tinchlik-omonlik tilaymiz :)
@mukhammadkarim_tukhtaboev
@mukhammadkarim_tukhtaboev
Janob Panda
Eskizni telegramini kimdir buzganga o'xshayapti. Istagan narsasini yozib, o'chirib va guruhning ham nomini "bir narsa" ga o'zgartirib qo'ydi. Eskizga tinchlik-omonlik tilaymiz :) @mukhammadkarim_tukhtaboev
Kelinglar xashar qilib Eskiz ga yordam berib yuboramiz.
Eski kanalga kirib, report (shikoyat) qoldiramiz. Bu haqida Eskizning yangi kanalida batafsil yozilgan:
https://www.tgoop.com/+tNP1gWHu8PA2NWYy
@mukhammadkarim_tukhtaboev
Eski kanalga kirib, report (shikoyat) qoldiramiz. Bu haqida Eskizning yangi kanalida batafsil yozilgan:
https://www.tgoop.com/+tNP1gWHu8PA2NWYy
@mukhammadkarim_tukhtaboev
Forwarded from Digital Generation Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏃♀️ Shoshiling, joylar soni cheklangan
📋 Ro’yxatdan o’tish uchun:
qizlar.raqamliavlod.uz
Ma’lumot uchun: Aloqa
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#uzedu #USA #DG_ladies #education #dgu #fond #OliyMajlis
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Janob Panda
Qizlar uchun ajoyib imkoniyat. Aytishlaricha, g'oliblar USA ga ketarmish :)
Imkon bering ...
10-12 yoshlarimda stadiondan chiqmasdim. Kunlarning birida mendan 6-7 yosh katta akalar bilan futbol o'ynadik. Bizning jamoada ham 2 ta katta aka bor edi. Futbolda yutkazishni boshladik, negadir o'yin o'xshamayotgandi. Shu pallada, akalarning biri baland ovozda "Muhammadkarimni chiqarib yuboraylik, baribir o'ynay olmas ekan!!!" dedi. Stadionda odam ko'p, yosh bo'lsamda yuragim shuuv etdi. Atrofga qarab juda hijolat bo'ldim, nima qilishimni bilmasdim. Shunda akalardan biri "Muhammadkarim ham zo'r o'ynayapti, malades ukam. Hozir ko'rasizlar! isbotlaydi, to'g'rimi Muhammadkarim?" dedi. Men akaga qarab kulib qo'ydim (rahmat ma'nosida). Bu yerda futbolning natijasi haqida kino aytmoqchi emasman. Biz futbolchi ham bo'lmadik, biz to'p tepgan stadionlar ham yo'q hozir. Ikki narsa qoldi: "Yaxshilik" va "Ajoyib xotiralar". O'sha akani hozir mahallada ko'rsam, "Nima hizmat aka?" deyman. Shunday insonlarning boriga shukr. Imkon berishlik ham himmatdir. Alloh ularga ham imkon bersin!
Xatto ish suhbatlarida ham shu kabi vaziyatlar kuzatiladi. Tajribasiz suhbat qiluvchilar nomzodni tortishni, imkoniyat berishni emas, yiqitishni xoxlashadi. Ishoning, imkon bersangiz, biringiz ikki bo'ladi. Menga imkon berganlarni eslayman. Ko'p joyda ularni madh etaman. Menga bergan birgina imkoniyati sababli, hozirgacha ularni qo'llab quvvatlayman. Shular sababli, bilim olib tajriba yig'dim. Ulardan Alloh rozi bo'lsin.
O'sha siz kimgadir bergan imkonning kelajakdagi maxsuli, hozir va kelajagingizni hal qilishi mumkin. Do'stlar, keling atrofimizdagilarga imkon beraylik. Na u ish bo'lsin, na u shaxsiy munosabatlar ...