MUKHAMMADKARIM_TUKHTABOEV Telegram 2578
TypeScript Go tilida qayta tug‘ilmoqda! Microsoftdan kutilmagan syurpriz!

Microsoft TypeScript kompilyatorini Go tilida qayta yozishga qaror qildi va bu IT olamida katta shov-shuv ko'tarilishiga sabab bo'lmoqda! Nima uchun?

1. Tezlik - 10x oshadi!

TypeScript hozir JavaScript va TypeScript ning o'zida yozilgan, ammo katta loyihalarda bu Microsoft uchun qimmatga tushyapti. Masalan, VS Code sekin ishga tushadi, build jarayonlari esa cho‘zilib ketadi. Sababi, VS Code ham TS, JS da yozilgan (hozirgi yangi chiqayotgan AI ga asoslangan editorlarning 90% qismi ham VS Code ustiga qurilgan). Microsoft esa Go orqali bu muammoni yechmoqchi: Go’ning yengil tabiati va tez kompilyatsiyasi tufayli TypeScript 10 baravar tezroq ishlaydi. Dasturchi sifatida IDE ni ochib, bir soniyada ishlashni boshlashni xohlamaysizmi?

2. JavaScript dunyosiga moslik - Go C# dan ustun!

TypeScript JS ekotizimining yuragi. Go esa sodda sintaksisi va JS’ga o‘xshash tuzilishi bilan JS/TS dunyosiga C# ga qaraganda ancha yaqin. C# esa .NET runtime’ga bog‘liq va og‘irroq - uni har bir platformaga moslashtirish murakkab. Go esa bitta binary faylga aylanadi va Linux, Mac, Windows - hamma joyda bir zumda ishlaydi. JS dasturchilari uchun Go ni o‘rganish oson, C# esa "boshqa dunyo” dek tuyuladi.

3. Portlash oson - vaqt tejaladi!

Go bilan TypeScript’ni qator-ma-qator ko‘chirish mumkin, chunki uning xotira boshqaruvi (garbage collection) va soddaligi hozirgi mavjud kodni qayta yozishni osonlashtiradi. Agar C# tanlansa, .NET integratsiyasi va murakkab refactoring yillar talab qilardi. Go esa hozirgi semantikani saqlab, tez natija beradi. Aslida, Microsoft Rustni ham ko'rib chiqdi, ammo uni o‘rganish qiyinligi va qayta yozishdagi qiyinchiliklar uni bu tanlovlar safidan chiqardi.

4. C# ning darajasi pasaymaydi - bu strategik qadam!

“C# ni nima qilamiz?” deb xavotirlanmang. Microsoft C# ni Azure, korporativ dasturlar va boshqa sohalarda rivojlantirishda davom etyapti. Bu qaror C# ga xiyonat emas, balki TypeScript’ning o‘ziga xos ehtiyojlariga mos yechim. Go bilan Microsoft nafaqat tezlik, balki JS hamjamiyatining ham ishonchini qozonmoqchi. Shu bilan birgalikda, bu yangilik C# haqida emas, TypeScript haqida. Microsoft MVP sifatida shuni ayta olamanki, Microsoftning C# bo'yicha ham zo'r yangiliklari bor ...

Dasturchilar, nima deysiz?

Endi TypeScript bilan editor va dasturlaringiz uchadi, Siz qanday fikrdasiz?

@mukhammadkarim_tukhtaboev
👍466🔥5😱2👎1

tgoop.com/mukhammadkarim_tukhtaboev/2578
Create:
Last Update:

BY Janob Panda

Share with your friend now:
tgoop.com/mukhammadkarim_tukhtaboev/2578

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

To edit your name or bio, click the Menu icon and select “Manage Channel.” How to create a business channel on Telegram? (Tutorial) Avoid compound hashtags that consist of several words. If you have a hashtag like #marketingnewsinusa, split it into smaller hashtags: “#marketing, #news, #usa. How to Create a Private or Public Channel on Telegram? The creator of the channel becomes its administrator by default. If you need help managing your channel, you can add more administrators from your subscriber base. You can provide each admin with limited or full rights to manage the channel. For example, you can allow an administrator to publish and edit content while withholding the right to add new subscribers.
from us

Telegram Janob Panda
FROM American