Telegram Web
IBM kompaniyasi open-source loyihalar uchun bepul server berayotgan ekan.

Server harakteristikasi:
- 2 yadroli protsessor,
- 8GB operativ xotira,
- 100GB disk bilan server berimoqda.

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Forwarded from Khumoyun Codes
Biznesni tushunuvchi muhandislar

Kuni kecha barchasi bank va online banking sohasida ishlaydigan dasturchilar davrasida bo‘lib qoldim. Ularning aksar qismi bu sohada birinchi marta ishlamasdan, orada boshqa online banking va to‘lov tizimlariga bog‘liq kompaniyalarda ishlab, hozirgi ish joyligiga yetib kelgan ekan. Ularga qilinayotgan sharoitlar, dasturchilarning qadrlanishi va banklar aro kadr talashishlar haqida eshitdik. Hozirgi paytda ko‘pgina yuqoriroq darajadagi dasturchilar nafaqat texnik bilimlari balki biznesni tushunganligi uchun ham, boshqa bir xil yoki ulardan ham yuqoriroq darajadagi nomzodlardan ustunroq qo‘yilar ekan.

Misol keltiradigan bo‘lsak, siz backend dasturchisiz, doim bank sohasida ishlagansiz, bankda jarayonlar qanday boshqarilishi, foizlar hisoblanishi, hisobotlar yig‘ilishi va jo‘natilishidan xabaringiz bor. Ma’lumotlarni qay holatda saqlab, qaysilarini nusxalarni alohida saqlab qo‘yish kerakligini bilasiz. Boshqa bir nomzod dasturchi esa, oldin har xil sohalarda ishlagan, umumiy ishlarni yaxshi bajara oladigan dasturchi. Shu holatda biznes egasi yoki boshqaruvchilari, sizni ishga olishni afzalroq deb bilishadi, chunki sizga ortiqcha vaqt sarflab to‘liq jarayonni tasvirlab berilmasa ham o‘zingiz ishlay olasiz va kerak paytda hatto o‘z takliflaringizni kiritasiz. Bu esa biznesga juda katta foyda olib kelishi mumkin. Mantiqan o‘ylab qaraydigan bo‘lsak, biz ham biznesimiz bo‘lganda shunday "domain specific" dasturchilarni ishga olishni afzal ko‘rar edik.

Qo‘shimchasiga, Nuruddin yaqinda Californiaga borib kelgandan keyin taassurotlarini aytib berganda ham yuqoridagi gaplarni ta’kidlagandi. Ya’ni hozirgi paytda texnologik gigantlar paydo bo‘ladigan Sillicon Valleyda ham, muhandis/arxitektorlarni aynan biznesni zo‘r tushunganligi uchun, ayrim kompaniyalar katta maosh va ulushlar bilan "ovlab" (hunt) qilishga harakat qilishayotgan ekan.

Xulosa shuki, siz biron bir loyiha ustida ishlayotgan paytingizda shunchaki kerakli vazifani bajarishdan tashqari, "domain" ya’ni biznes qanday ishlashini ham tushunishga harakat qiling. Nimaga aynan shu ish qilinayotgani, qanday qilinayotgani va nima foyda olib kelishini ham tushuning, kerakli paytda yechimlarni bilsangiz takliflarni ham kiriting. Shunda siz kompaniyada shunchaki ishchi bo‘lmasdan "kalit dasturchi" (key developer) sifatida ham qadrlanasiz va bu sizga ko‘p eshiklarni ochib beradi. Undan tashqari kelajakda o‘zingiz shu "domain"ni o‘zida startap qilish istagi bo‘lib qolsa ham ishingiz ancha osonlashadi.

@khumoyun_codes
Ruhiyatingizni ko’taradigan gap aytaymi?

Siz Allohdan so’rab, sababini zo’r qila turib, niyatingizga yetolmay qolishingizdan ko’ra, koinotning vayron bo’lib ketishi Alloh uchun yengilroq narsa …

Instagramdan topib oldim )

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Amerika bizdan 100 yil oldinda deb o’ylardim, ular bizdan 12 soat orqada ekan-ku ))

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Insofsizlar, xech balo qoldirishmabdi bizga :(

Yashashga beringlar!

@mukhammadkarim_tukhtaboev
China > USA
Uzbekistan = Uzbekistan

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Tabiiy intellekt inqirozga uchrayotgan bir paytda, sun'iy intellekt ommalashib bormoqda ...

DeepSeek haqida gap ketganda, kun.uz dagilardan ajoyib jumla.

@mukhammadkarim_tukhtaboev
ChatGPT dan “gaz” olishni istasangiz, mana shu gapni unga yuboring:

“Roast me as hard as you can based on everything you know about me. Don't hold back even a little bit. I can take it all. In Uzbek”

Natijasini komment da qoldiring, ko’raylikchi qanday inson ekansiz ))

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Yandex dan o'zbekcha ma’ruzalar

Yandex Uzbekistan dasturlash maktablarida mobil va backend dasturlash bo'yicha o'zbekcha ma'ruzalar bo'layotgan ekan.

Men uchun judayam ajoyib yangilik bo'ldi. Masalan, backendchilar uchun CI/CD haqidagi bu mavzu zo'r yoritilibdi. Ko'rishni maslahat beraman.

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Forwarded from zokirov.dev
Google'dan Offer Oldim

Maqola:
zokirov.com/posts/googledan-offer-oldim
Janob Panda
Google'dan Offer Oldim Maqola: zokirov.com/posts/googledan-offer-oldim
Ukam Jasur Google dan offer olibdi. Malades! Kelajakdagi ishlariga omad tilaymiz!

O’zimizcha turli hayollarda bir birimizdan interview olardik (hazil tariqasida). Bu rasmda Jasur mendan olgan ekan. Endi men olamanooov 😄😅

Rasmga olayotgan Muhammadyusuf. Hozir u Amerikada. 😄
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Bugungi Prezidentimiz bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan qisqacha taasurotlar!

Bu xabarni har bir yosh eshitishi kerak! Marrani baland olib, oldinga harakatlanishdan to'xtamang aziz yoshlar 🇺🇿
Elon Mask: Baxtlilar sirli yashaydi

O’zbek tilida:
https://youtu.be/226qDWfZTAE?si=ENO7bSeK0epTVAyv

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Forwarded from UzGeeks Community
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hozirgi kunda, menga yaqindan yordam berayotgan yordamchi chatbotlar.

Bularni hurmat qilib chrome (bookmarks) dan joy berdim. Endiyam yordam bermay ko'rsinchi :)

IDE lardan, Trae va Cursor ham bor.

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Tavsiya qiling ...

Odatda, yakshanba kunini bitta kino ko'rmasdan o'tkazmayman. Shu bilan birgalikda, yaxshi asarni topishlik uchun kamida yarim soatimni yo'qotaman. Shunda tanishlarimdan tavsiya qilishlarini so'rayman.

Balki, bu muammo boshqalarda ham bordir deb o'yladim. Shuning uchun tavsiyalar uchun maxsus platforma ishlab chiqdim (ukam va o'quvchim bilan birgalikda).

Boshlanishiga faqat kino tavsiya qilish imkoniyati bor. Hudo xoxlasa, keyingi oydan boshlab birma-bir yangi yo'nalishlar qo'shamiz: Kitoblar, o'quv kurslar va hokazo.

Siz yaxshi kontent, kitob, o'quv markaz/kurslar izlashga vaqt sarflamang, jamiyat sizga ularni "tavsiya" orqali filterlab beradi. "Sharing is caring" (Ulashish - g'amxo'rlikdir).

Hozircha, shu saytga kirib, o'zingiz yoqtirgan kinoni tavsiya qilishni unutmang! 😁

Platforma: tavsiya.com

Platforma imkoniyatlari:
- Ko'rilgan kinoni "watched" statusiga o'tkazish
- Eng ko'p tavsiya egalarini "Top Reviewers" oynasida ko'rsatish
- Kino tavsiya qilish, ularni filterlash
- Ko'p tillilik (Uzbek, Russian, English)

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Yangi imkoniyatlar! BRB Tech jamoasiga qo‘shiling!

Salom, do‘stlar!

Men yaqinda BRB Tech jamoasiga qo‘shildim
va bu yerda yosh, ambitsiyali va kreativ jamoa bilan yangi mahsulotlar ustida ishlashni boshladik! Ajoyib jamoamiz bor, lekin bu katta rejalarni amalga oshirish uchun yangi iste’dodlarni qo‘shib, jamoani kengaytirmoqchimiz!

Hozir quyidagi pozitsiyalar uchun xodimlar izlayapmiz:

📌 .NET dasturchilar
Middle/Senior – 2 nafar
Junior/Tech Support – 4 nafar

📌 Front/Mobil dasturchilar
Middle/Senior React Native – 2 nafar
Vue JS Middle – 1 nafar
Junior – 1 nafar

📌 Solution Architect
Middle/Senior – 1 nafar

📌 Biznes/tizim tahlilchilari
Middle/Senior – 2 nafar
Junior – 3 nafar

📌 QA (Sifat nazorati)
Middle – 2 nafar
Senior – 1 nafar

📌 Pentester
Middle – 1 nafar

📌 UX/UI Dizaynerlar

Senior – 1 nafar

📌 DevOps Injener
StrongMiddle/Senior – 1 nafar

Nima uchun BRB Tech?

BRB Tech’da yosh va kuchli jamoa bilan ishlaysiz, bu yerda qo‘llab-quvvatlash va o‘rganish uchun sharoit yaratilgan. Siz innovatsion loyihalar va yangi mahsulotlar yaratishda qatnashasiz, shuningdek, malaka oshirish, karyera o‘sishi, zamonaviy ofis va raqobatbardosh oylik maosh taklif qilamiz.

📲 Murojaat uchun: @brb_tech

#BRBTech #aytijamoa
2025/07/08 04:48:35
Back to Top
HTML Embed Code: