Telegram Web
Menimcha bu muammoga 90% dasturchi duch kelgan.

Ishxonadan menga topshiriq qo'yilgan va men uni bajaryapman.

1. Muammoni hal qildim va browserni ochib tekshirdim. O'zgarish yo'q :(
2. Boshqacharoq yechim qilib ko'rdim va browserni ochdim yana. O'zgarish yo'q :(
3. Oradan 1 soat vaqt o'tdi. O'zgarish yo'q :(
4. Shunchaki console.log('aaa') qilib ko'rdim. O'zgarish yo'q :(

Keyin zerikib ketdim va youtube ko'rmoqchi bo'ldim. Youtube ni ochish uchun browser dagi tabs bo'limiga o'tdim va bir narsaga ko'zim tushib qoldi. Buni qarangki, men o'zgarishlarimni test muhitidagi web saytga qarab tekshirayotgan ekanman 😂 Keyin sekiiiiiin localhost ga o'tdim 😁

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
36km lik challenge 🥲 yohud meni aldashdi😂

Kecha Ko’ksuv degan joyga sayohat qilish uchun bordim. Do’stlarim menga shunchaki havo almashtirib, rasmga tushib kelamiz degandi. Borganimda gid hammani to’pladi va shunday dedi:

“Ko’rib turganingizdek, osmon o’par ikki tog’ va uning orasida daryo bor. Tog’ bag’rida bir kishilik kichik yo’l bor. Yo’l davomida toshliklar va havfli joylar chiqishi mumkin. Jamoadan ajramasdan yuringlar. Demak, shu yo’lak bo’ylab manzilgacha 18km, qaytish ham 18km, umumiy 36km yuramiz. Hozir soat ertalab 7:30, kechqurunga qolib ketmasligim kerak - tezroq yuringlar”.

Yo’l bo’ylab do’stimni so’kib ketdim va ortga yo’l yo’qligini bildim. Hozir esa oyog’im xech narsani sezmayapti 😂

Borishni umuman maslahat bermayman.

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Hello Everyone!

We’re excited to welcome you to our Demo Day, where our Swift Launch and Startup Garage startup founders will take the stage to present their projects, offering investors the chance to discover the next big thing!

With an audience of industry experts, media, successful entrepreneurs, and business leaders, the energy in the room will be nothing short of inspiring!

🗓Date: 24.08.2024
⌛️Time: 17:00
📌Location: Startup Garage

We will be happy to see you here!🚀
Forwarded from Xushnudbek.uz
‼️O‘zAda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan muxbir ish boshladi

Sun’iy intellekt har bir sohaga shiddat bilan kirib kelmoqda, bunda jurnalistika ham chetda qolgani yo‘q.

Biz ham sun’iy intellekt yutuqlaridan foydalanib, O‘zA uchun robot-muxbir modulini yaratdik. Real inson prototipini o‘zlashtirgan ushbu modul kelgusida bizga istalgan matndan qisqa vaqtda video yaratish imkonini beradi, bunda insonning yuz va qo‘l harakatlari hamda ovozini aslidek saqlab qoladi.

Ushbu muxbir 9 ta tildao‘zbek, ingliz, rus, fransuz, arab, xitoy, nemis, ispan va qozoq tillarida rasmiy xabar va yangiliklarni yetkazib turadi.

Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan ushbu muxbirga biz Sobira Xoldorova deb nom berdik. Chunki Sobira Xoldorova Markaziy Osiyo va O‘zbekistondagi birinchi professional jadid ayol jurnalisti edi va qatag‘on qurboni bo‘lgan ushbu yurtdoshimizning yorqin xotirasini tiklashni maqsad qilganmiz.

Soxta videolardan himoyalanish maqsadida har bir videoda maxsus QR-kod mavjud. Agar uni faollashtirsangiz, O‘zA rasmiy saytidagi videoga havola chiqadi va shu orqali video haqiqiyligini aniqlay olasiz.

Xullas, biz bir necha oylik mehnatimiz samarasini bugun rasman e’lon qildik. Buning ustida katta jamoa qattiq mehnat qildi, ularga ham rahmat aytaman. Ilohim, boshlagan ishimiz xayrli bo‘lsin.

Ko‘ring va baho bering.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yordamchi trainerlar bilan birgalikda takrorlash mashqlari (asosiy trenirovkadan so’ng).

Sobir va Akobir ismli yigitlar yosh bo’lishiga qaramasdan mendan ancha tajribali. Ular qora belbog’ sohiblari. Men ham keyingi haftada sariq belbog’ uchun imtixon topshiraman.

Hayotimning har bir sahifasi go’zal bo’lishini istayman. Kelajakda men va hayotim haqida yoziladigan kitoblar zerikarli bo’lmasligi kerak. (Yaxshi niyat).

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Eh Durov akamaa 😢
Afrikadagi holat. Qoyil lekin ))
Sariq belbog’ sohibi bo’ldim 😅

Bugun level up uchun barcha boshlang’ichlar imtixon topshirdi. Shular orasida men ham. Bugundan boshlab mashg’ulotlarni sariq belbog’da olib boraman. Bu huddi junior degani.

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Durov akam sud zalidan ozod etilibdi. Yashasin Telegram!
Forwarded from UNICON SOFT
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☄️ “Telegram'ning «bir qismi» bizniki bo‘lishi mumkin edi”

❗️Premyera bugun soat 19:00da, o'tkazib yubormaslik uchun kanalga obuna bo'lib qo'ying👉 https://www.youtube.com/channel/UC-fYBsOfMBkZMf_D5QctsDg?sub_confirmation=1

📱Videoni to'liq tomosha qilish👉 https://youtu.be/cqu-2oWwkrU
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yandex da ishlashni xohlaysizmi?

Yandex Uzbekistan kompaniyasi frontend, backend va mobil dasturchilarni, QA muhandislari va tahlilchilarni, tajribali yoki yangi ish boshlagan mutaxassislarni ishga taklif qiladi.

26 sentyabr kuni Yandex Uzbekistan Dev Meetup bo‘lib o‘tadi. Unda tajribali backend va mobil dasturchilar kompaniya haqida offlayn formatda ko‘proq ma’lumot olishlari, shuningdek, jamoa rahbarlariga savollar berishlari mumkin.

5-6 oktyabr kunlari “tezkor ishga qabul qilish kunlari” tashkil etiladi — siz ulardan bir necha kun ichida ishga kirish taklifini olishingiz mumkin. Ishtirok etish uchun veb-saytda ariza qoldirib, Yandex Kontest platformasi orqali topshiriqlarni bajarishingiz kerak. Topshiriqni muvaffaqiyatli bajarganlar texnik seksiyalarni bir kunda o‘tish uchun taklif qilinadi va agar hammasi yaxshi bo‘lsa, darhol qabul qilinadi.

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Mustaqillik bayrami muborak bo'lsin 🇺🇿
Saidolim aka bilan bo'lgan suhbat judayam saviyali bo'libdi. Ko'rishni tavsiya qilaman.

https://youtu.be/TwpZQgkLnds
Janob Panda
Saidolim aka bilan bo'lgan suhbat judayam saviyali bo'libdi. Ko'rishni tavsiya qilaman. https://youtu.be/TwpZQgkLnds
Suhbat davomida bir ajoyib fikrni eshitdim. Shundan kelib chiqib sizlarga savol bermoqchiman.

Siz dasturlashni o'rganyapsizmi yoki dasturlash tilinimi?
Taekwondodan kurs ochvorsammikan-a? 😁 Hazil.

Mashq jarayonlaridan: https://www.tgoop.com/dotnetgo/s/229
Assalomu alaykum, do'stlar!

🚀 UIC Group innovatsion jamoamiz uchun g'ayratli va ambitsiyali professionallarni izlamoqda! Agar siz rivojlanishni istasangiz, texnologik qiyinchiliklarni yoqtirsangiz va kelajakni o'zgartiradigan loyihalarda ishtirok etishni xohlasangiz — bu sizning imkoniyatingiz!

Bizga qo‘shiling va o‘z g‘oyalaringizni amalga oshiring! 🌟
Vakansiyalar haqida batafsil ma'lumot: UIC career

@dilafruz_asamutdinova
2025/07/03 08:53:48
Back to Top
HTML Embed Code: