tgoop.com/mukhammadkarim_tukhtaboev/2394
Last Update:
36km lik challenge 🥲 yohud meni aldashdi😂
Kecha Ko’ksuv degan joyga sayohat qilish uchun bordim. Do’stlarim menga shunchaki havo almashtirib, rasmga tushib kelamiz degandi. Borganimda gid hammani to’pladi va shunday dedi:
“Ko’rib turganingizdek, osmon o’par ikki tog’ va uning orasida daryo bor. Tog’ bag’rida bir kishilik kichik yo’l bor. Yo’l davomida toshliklar va havfli joylar chiqishi mumkin. Jamoadan ajramasdan yuringlar. Demak, shu yo’lak bo’ylab manzilgacha 18km, qaytish ham 18km, umumiy 36km yuramiz. Hozir soat ertalab 7:30, kechqurunga qolib ketmasligim kerak - tezroq yuringlar”.
Yo’l bo’ylab do’stimni so’kib ketdim va ortga yo’l yo’qligini bildim. Hozir esa oyog’im xech narsani sezmayapti 😂
Borishni umuman maslahat bermayman.
@mukhammadkarim_tukhtaboev
BY Janob Panda
Share with your friend now:
tgoop.com/mukhammadkarim_tukhtaboev/2394