tgoop.com/mukhammadkarim_tukhtaboev/2793
Last Update:
Sentyabrda Toshkentda Yandex Uzbekistan'dan Dev Camp dasturi start oladi
🧑💻👩💻 Bu — backend dasturlash, algoritmlar va sun’iy intellekt (AI) sohasida rivojlanmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan ta’limiy dastur.
Dasturda:
— Yandex mutaxassislari tomonidan algoritmlar, yirik tizimlar arxitekturasi va mashinali o‘qitish (ML) bo‘yicha ma’ruzalar;
— amaliy mashg‘ulotlar: code-battle, Flutter bilan ishlash, AI vositalarini qo‘llash;
— karyera vorkshoplari va demo-intervyular.
Bu — talabalar va dasturlash sohasidagi yangi boshlovchilar uchun nafaqat bilimni oshirish, balki mentorlar, HR-menejerlar va ehtimoliy ish beruvchilar bilan tanishish uchun ham ajoyib imkoniyatdir.
Eng faol ishtirokchilar Yandex Uzbekistan'da amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
❗️Boshlanish sanasi: 20 sentyabr
Joyi: INHA universiteti, Toshkent
Ro‘yxatdan o‘tish oxirgi muddati: 17 sentyabr
✏️👉 Qatnashish bepul, ammo joylar soni cheklangan.
BY Janob Panda

Share with your friend now:
tgoop.com/mukhammadkarim_tukhtaboev/2793