tgoop.com/mukhammadkarim_tukhtaboev/2697
Last Update:
Kunning ajoyib voqeasi
Bir bola menga MVP bo'lish uchun shaxsiydan xabar yozibdi. Javob berdim. Qarasam, avval ham yozgan ekan va xabarini ochmagan ekanman. Avvalgi xabar mazmuni quyidagicha:
"Desktop dasturchiman, web ga o'tmoqchiman, hech kim imkoniyat bermayapti. Ishlarga ariza qoldirsam, deyarli suhbatga chaqirishmayapti. Web bo'yicha biror yo'l xaritasi bera olasizmi, yaxshiroq o'rganish uchun?"
Men bu xabarni o'qib, bu bola uchun maslahat berishni boshladim va unga yo'l xaritasi ulashdim.
Mening xabarimdan keyin u bola:
"Aka, men 1 yil avval yozgandim, hozir bir katta kompaniyada ishlayman, 1 yillik tajribam bor uje" 😂
Xabar sanasiga qaramabman. Yaxshiyam ochmaganim, noto'g'ri yo'l ko'rsatganimda haliyam yurgan bo'lardi balki 😅
@mukhammadkarim_tukhtaboev
BY Janob Panda
Share with your friend now:
tgoop.com/mukhammadkarim_tukhtaboev/2697