MUKHAMMADKARIM_TUKHTABOEV Telegram 2630
Musiqa tinglab kod yozish

Bugun sizlarga dasturchilar uchun tanish bo'lgan holat - musiqa tinglab ish qilish haqida aytib bermoqchiman.

E'tibordan chetda qolgan, ammo judayam muhim mavzu hisoblanadi. Chunki, bu jarayonni noto’g’ri yo’lga qo’yish ish samaradorligiga yaxshigina ta’sir qilishi mumkin. Ba'zilar shunchaki jim-jitlikda kod yozishni xohlaydi, ba'zilar esa musiqa sadosi ostida. Musiqa va dasturlashni yaqindan tushungan inson sifatida bu mavzuga chuqurroq kirib ko'rdim. Bu post esa aynan musiqa tinglab ish qiluvchilar uchun.

Maqsadingiz ishingizga fokus qilib, miyangizni bir joyga qo'yish, to'g'rimi? Demak, siz aqlingizni chalg'itadigan kuylardan, ovozlardan qochishingiz kerak. Ayniqsa, loyihaning mantiqiy qismlarida ishlayotganingizda.

1. Qo'shiq tinglamang. Sababi, qo'shiqda so'zlar, ma'no bo'ladi. So'z bo'lgan joyda miya ishlaydi, uni tushunishga harakat qiladi. Bu esa miyangizni bir qismi qo'shiqqa qaratilishini bildiradi.

2. Ma'no musiqada ham bo'lishi mumkin. Matni bo'lmasa ham ma'no bo'lishi mumkinmi degan savol tug'iladi. Ha, albatta. Shunday musiqalar borki, ularda ma'no to'la, huddi o'zining tilida nimalardir degandek bo'ladi. Bu turdagi musiqalardan domlalar o'z maruzalarida yoki mazmunli suhbatlar, she'rlar ostida foydalanishadi. Bu turdagi musiqalarni tinglaganingizda miyangiz ishlaydi, xotiralarni eslatishi mumkin.

Namuna:
- https://www.youtube.com/watch?v=9vIcR9BvS1U
- http://youtube.com/watch?v=k0VcX4BvOrc&t=65s
- https://www.youtube.com/watch?v=xFdm-IDvaDU

3. Ma'nosiz musiqalar siz uchun yaxshiroq. Bir xil tempda, tebranishda davom etadigan musiqalar sizga yordam bera oladi. Bu huddi, soatning chiqqillashiga o'xshaydi. Nafaqat musiqa, bir xil tebranishga ega bo'lgan istalgan jarayon miyaga yoqimli bo'ladi. Bolalarni uxlatishda beshikning tebranishi yordam bergani kabi.

Namuna:
- https://www.youtube.com/watch?v=M5QY2_8704o
- https://www.youtube.com/watch?v=mhNg55_IYiw
- https://www.youtube.com/watch?v=-sZqtdT-GVw

Ba'zida ma'nosiz narsalar ma’noli narsalarni tug’ilishiga hizmat qiladi.

@mukhammadkarim_tukhtaboev
💯29👍22🔥7😁321

tgoop.com/mukhammadkarim_tukhtaboev/2630
Create:
Last Update:

BY Janob Panda

Share with your friend now:
tgoop.com/mukhammadkarim_tukhtaboev/2630

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Just as the Bitcoin turmoil continues, crypto traders have taken to Telegram to voice their feelings. Crypto investors can reduce their anxiety about losses by joining the “Bear Market Screaming Therapy Group” on Telegram. best-secure-messaging-apps-shutterstock-1892950018.jpg In 2018, Telegram’s audience reached 200 million people, with 500,000 new users joining the messenger every day. It was launched for iOS on 14 August 2013 and Android on 20 October 2013. Healing through screaming therapy Done! Now you’re the proud owner of a Telegram channel. The next step is to set up and customize your channel.
from us

Telegram Janob Panda
FROM American