MUKHAMMADKARIM_TUKHTABOEV Telegram 2604
Microsoft genotsidmi?

Shu kunlarda LinkedIn da Microsoft sun'iy intellekt dasturlarini Falastinga qarshi foydalanish uchun Isroilga berayotgani haqida postlar aylanib yuribdi. Ha, bu haqiqat. Avval, voqea haqida qisqacha aytib bermoqchiman.

"Microsoft AI" CEO si Mustafa Suleyman Microsoft ning 50 yilligi munosabati bilan o'tkazilayotgan konferensiyada nuqt so'zlayotgan bir paytda, bir musulmon qiz norozilik bilan shunday dedi: "Mustafo, uyat sizga! Siz AI dan yaxshilik uchun foydalanishni da'vo qilasiz. Lekin Microsoft Isroil armiyasiga AI qurollarini sotyapti. 50 ming odam o'ldi va Microsoft bu genotsidni qo'llab quvvatlayapti. Siz Suriyaliksiz, bilasizmi? Siz urushdan foydani ko'zlaydiganlardansiz. Uyat sizga! AI dan genotsid uchun foydalanishni to'xtating. Qo'llaringiz qonga to'lgan. Microsoftning qo'llari qonga to'lgan. Siz qanday qilib bayram nishonlayapsiz? Microsoft bolalarni o'ldiryapti-ku! Barchangiz uyaling!"

Barchaga vaziyat tushunarli bo'ldi deb o'ylayman. Keling, chuqurroq yondashib ko'ramiz. Bu bo'yicha konferensiyada Mustafo aniq fikrlar keltirmagan. Shunchaki u qiz vaziyatni kutgan va bayramda namoyish tashkil qilgan. Ishoning, men Microsoft ning bunday ishlarini xech qachon qo'llab quvvatlamayman. Nafaqat Microsoft, balki Apple, Meta, Google ham huddi shu ishlarga aralashgan. Ammo nima qilaylik? Ba'zi talabalar Microsoftning Student Ambassador dasturlaridan chiqib ketgan yoki shunga o'xshash vaziyatlar. Ammo bunday qilish juda to'g'ri yechim ham emas. Agar IT olamida "ketish" yo'lini tanlasak, vaziyatimiz battar yomonlashadi. Microsoft AI (Copilot) ni qo'ying, ammo LinkedIn, Github, Windows, Azure, Office, xattoki OpenAI ham Microsoftning qo'lida. Shunchaki "tashlash" bu yechim emas. Shu bo'yicha postlar ostida ajoyib fikrni o'qib qoldim:

"Urushda qurolsiz qolganingda dushmanning qurolidan foydalanishing mumkin. Agar qurolsiz qolsang, seni o'ldirishadi."

Aytgancha, u qiz ishdan ketib, eng to'g'ri ishni qilgan. Chunki u to'g'ridan to'g'ri Falastinga qarshi ishlatilayotgan qurollarni yasashda qatnashayotgan edi. Hozirda u insonni kattagina startup juda yaxshi oylik maoshi evaziga yollashga ulgirdi.

@mukhammadkarim_tukhtaboev
🔥42👍14👎53😢3

tgoop.com/mukhammadkarim_tukhtaboev/2604
Create:
Last Update:

BY Janob Panda

Share with your friend now:
tgoop.com/mukhammadkarim_tukhtaboev/2604

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

To delete a channel with over 1,000 subscribers, you need to contact user support The Standard Channel Some Telegram Channels content management tips So far, more than a dozen different members have contributed to the group, posting voice notes of themselves screaming, yelling, groaning, and wailing in various pitches and rhythms. Polls
from us

Telegram Janob Panda
FROM American