tgoop.com/mukhammadkarim_tukhtaboev/2575
Last Update:
Python - asosan AI modellar yaratish uchun kerak. Chunki kutubxonalar ko'p, comunity katta.
Boshqa tillarchi?
Kecha producthunt saytida 90% AI loyihalar degandimku, bu degani hammasi Pythonda qilingan degani emas. Ularning 80-90 foizi boshqa tillarda qilingan.
Tayyor AI modellaridan foydalanib, ularning APIlarini ishlatib loyiha qilishyapti. Loyihalar asosan WEB va Mobile applar.
Oddiy odamlar AI modellarini ishlatishmaydi, oddiy odamlar shu modellar orqali qilingan, odamlarning muammolarini sodda hal qilib beradigan loyihalarni, mobile applarni ishlatishadi.
Demak:
- AI model qilmoqchi bo'lsangiz Pythonni o'rgansangiz yaxshi, lekin bu kam, yoniga algoritm va matematikadan ham bilimingiz yetarli bo'lishi kerak
- yetarli bo'lmasa yoki model qilishga qiziqmasangiz, boshqa tillardan xohlaganingizni tanlayverasiz. AI Web bilan mobileni egallagani yo'q, ular undan ham muhimroq ishlarni qilish uchun band hozir)
Buni tushunganlar, o'zlarini sevimli dasturlash tillarida AI modellaridan foydalanib loyihalar qilib yotishibdi.
BY Janob Panda

Share with your friend now:
tgoop.com/mukhammadkarim_tukhtaboev/2575