tgoop.com/mukhammadkarim_tukhtaboev/2360
Last Update:
Nvidia kompaniyasi Microsoftni ortda qoldirdi
Ha, grafik protsessorlar va chiplarni ishlab chiqaruvchi Nvidia dunyodagi eng qimmatli kompaniyaga aylandi. Bu kompaniyaning ishlariga qiziqishim u Intelni ortda qoldirgan paytda paydo bo'lgan edi. Buni qarang, hozir u dunyodagi 1-raqamli kompaniya - Microsoft ni ortda qoldirdi.
Buning asosiy sababi shundaki, kompaniyaning aksiyalari 3.5% ga qimmatlashdi - AI Chip lar. Natijada, umumiy kapitallashuvi 3.35 trln dollarga yetdi. Microsoft aksiyalari 0.45% ga tushib ketdi, bozor kapitallashuvi esa 3.317 trln bo'ldi. Apple aksiyalari 1% dan ko‘proqqa tushib, qiymati 3.286 trln ga yetdi.
Aytgancha, kompaniya kapitallashuvini 2 trilliondan 3 trillionga oshirish uchun uch oy kerak bo‘libdi xolos.
AI Chip lar sun'iy intellekt texnologiyalari uchun qo'llaniladi. Bu soxada Microsoft, Meta, Google va boshqa kompaniyalar o'rtasida kuchli raqobat mavjud.
P.S. Nvidia ni ortda qoldirish Google, Microsoft, Apple uchun endi oson ish emas. Bunga ko'proq vaqt kerak. Chunki Deyarli barcha gigant kompaniyalar Nvidia ning hamkorlari. Nvidia ularning barchasi bilan ishlaydi. Qolganlari unday emas. Nvidia hamma uchun, hamma o'zi uchun :)
@mukhammadkarim_tukhtaboev
BY Janob Panda
Share with your friend now:
tgoop.com/mukhammadkarim_tukhtaboev/2360