tgoop.com/mukhammadkarim_tukhtaboev/2228
Last Update:
Sizlarni bilmadimu, shifoxonada paynet ochib oldim. Har 10 daqiqada “taq-taq-taq”, “to’kka pul solib bering uka!”. 😄
Bittasi 1XBET ga solib bering deydi (tavba). Yoniga borib, bu tizimni yaxshi emasligi, qimorligini va xech qachon yuta olmasligini tushuntirdim. Menga faxr ila yutkazgan pullarini aytib beryapti. Kecha 11 mln yutkazdim deydi, “kapalagim uchib ketdi”. OpenBudgetchilarni ancha yaxshi odamligini tushundim ularning yonida ))
Suhbat qizib qoldi va dediki, o’tkan oy 41000$ tikkandim, yutkazib qo’ydim dedi. Eng qizig’i shundaki, afsusda emas ☹️. Shunaqa paytlarda sarmoya topolmay qulagan loyihalarim esimga tushaveradida. 😏
Agar oramizda shunaqa o’yinlarga berilganlar bo’lsa, hoziroq tark qiling. Tog’dan yerga tashlangan tosh aniq yerga tushganidek, siz ham aniq yiqilasiz. Faqat, “qachon?” degan savol bor. Tog’ va yer orasidagi masofa qanchalik katta bo’lsa, shunchalik qattiq yiqilasiz. Bir ikki marta yutushingiz - bu platformaning xususiyati xolos, sizning omadingiz emas! Baliq ovlash algoritmidek gap!
@mukhammadkarim_tukhtaboev
BY Janob Panda
Share with your friend now:
tgoop.com/mukhammadkarim_tukhtaboev/2228