tgoop.com/mukhammadkarim_tukhtaboev/2217
Last Update:
.NET bo'yicha xech qayerda yo'q eski darslarim - 4 yil avvalgi ekan. 1- va 2-sini professionallarga tavsiya etmayman. Dasturlashga yangi kirayotganlar o'rgansa bo'ladi bemalol.
1. C# va WinForm frameworkini tez fursatda o'rganib, universitetdagi kurs ishlaringizni qiladigan darajada bo'lasiz. Bu kurs professionallar uchun emas. Milliy Universitet, Westminster kabi universitetlarda o'qiydigan talabalar uchun foydali bo'ladi.
C# basic + WinForm (36 ta dars)
2. WPF frameworki bo'yicha boshlang'ich darslar. Ushbu darslar mobaynida siz basic UI elementlar bilan ishlashni o'rganasiz.
WPF dan boshlang'ich darslar (14 ta)
3. .NET bo'yicha noldan loyihalashtirishgacha + bir nechta loyihalar amaliyoti. Andijondagi o'quvchilarim bilan o'tilgan darslarda yozilgan jonli video, docs, darslar. Ora-orada uzilishlar bo'lgan bo'lishi mumkin. Videoni kanalga yuklashga eringandim.
https://www.tgoop.com/+m7Sbx7I0ORxmNzUy
Najot Ta'limdagi o'tilgan darslarimni ulasha olmadim. Chunki u darslarda markazni ham haqqi bor. Bilaman bu narsalar ko'p qiymatli emas, ammo kanalimdagi kamida 10 kishiga foydali bo'ladi degan umiddaman.
Ramazonga sovg'a. Ko'ngildan chiqarib shu linkni bosaverasizlar 😁: https://tirikchilik.uz/mukhammadkarim_tukhtaboev
@mukhammadkarim_tukhtaboev
BY Janob Panda
Share with your friend now:
tgoop.com/mukhammadkarim_tukhtaboev/2217