Warning: mkdir(): No space left on device in /var/www/tgoop/post.php on line 37

Warning: file_put_contents(aCache/aDaily/post/mukhammadkarim_tukhtaboev/--): Failed to open stream: No such file or directory in /var/www/tgoop/post.php on line 50
Janob Panda@mukhammadkarim_tukhtaboev P.2115
MUKHAMMADKARIM_TUKHTABOEV Telegram 2115
Forwarded from Dark Voyage (orzklv)
Bu post hozir O'zbek tilida yozilishiga chetellik o'rtog'larim orasidagi dialog sababchi bo'ldi.

Ular o'zbek emas, biri yapon, biri xitoylik va biri koreyalikdir, xullas, gala aziatlar guruhi. Gaplashib o'tiraversak, koreyalik o'rtog'im nimaga o'zbeklar bir-birini qo'llab quvvatlash o'rniga cho'kintirishini so'radi. Men ham ajablanib nimaga buni so'rayotganini so'radim va u o'zi o'qiyotgan universitetdagi holatdan keltirib berdi.

Ikki o'zbek bor emish, birinchisi grand stipendiya o'quvchisi va ikkinchisi bu yil kirib kelgan o'zbek bola. Endi kirib kelgan bola hamma bilan yaxshi chiqishib ketgan emish, har xil millat vakillari, kim bo'lsa ham do'stlashar emish, lekin birgina kelib kelib shu bir o'zbek bola bilan kelisha ololmas ekan. Hamma hayron, nimaga turli millat vakillari o'zinikilar bilan kelishadi, lekin o'zbeklar o'zinikilar bilan gaplasha ololmaydi. Xatto dars payti bir biri bilan ochiqchasiga urishib ketgan paytlar ham bo'lgan emish.

Koreyalik do'stim ketidan qo'shib qo'ydi:
"Xalqimizda bir xazil maqola bor bilsang, vyetnam, rus va o'zbeklarni olib quduqlarga solishibdi. Vyetnamliklarni qudug'ini yopib ustidan suvalab yopishibdi, ruslarni esa g'ishtlab, o'zbeklarni solgan qudu'gini yopishmabdi. Nimaga o'zbeklarni qudug'ini yopmading deb so'rashsa, o'zbeklar birontasi tepaga chiqsa o'zinikilar oyo'gidan ushlab yerga tortadi, deyishgan emish"...

Eh, o'sha payt shu narsalarni eshitib o'tirgan menni yuzimga ko'rsangiz edi...

Endi chetelda yurgan o'zbek yurtdoshlarimizga mendan savol:
"Yurtingda bir birovlaringni shundog'am ko'rolmay o'tdilaring, hech yoq chetelda bir-birovingni qo'llab quvvatlash naroqda tursin, bir muomala qilishga yaramadilaringmi? Unday gap so'zga qolgandan ko'ra o'lganlaringiz yaxshimasmidi?"
❤‍🔥32😢22👍194🔥3👏3

tgoop.com/mukhammadkarim_tukhtaboev/2115
Create:
Last Update:

BY Janob Panda

Share with your friend now:
tgoop.com/mukhammadkarim_tukhtaboev/2115

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Invite up to 200 users from your contacts to join your channel To edit your name or bio, click the Menu icon and select “Manage Channel.” How to build a private or public channel on Telegram? ZDNET RECOMMENDS In handing down the sentence yesterday, deputy judge Peter Hui Shiu-keung of the district court said that even if Ng did not post the messages, he cannot shirk responsibility as the owner and administrator of such a big group for allowing these messages that incite illegal behaviors to exist.
from us

Telegram Janob Panda
FROM American