🔉 "
Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish va taʼlim jarayonlari tartibi tasdiqlandi⭐️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Mudofaa vazirligining 2025-yil 23-maydagi tegishli qoʻshma qarori bilan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish va oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.
✅ Unga koʻra, “Jasorat sinflari”da:✅ oʻqish muddati
yetti yildan (5 — 11-sinflar) iborat boʻladi;
✅har yili 4-sinfni bitirgan
26 nafar oʻquvchi 5-sinf uchun tanlov asosida qabul qilinadi;
✅ “Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlari qay tartibda oʻtadi?✅ oʻqishga kirish uchun nomzod oʻquvchilarning hujjatlari
“ariza.piima.uz” platformasida
onlayn shaklda qabul qilinadi;✅oʻqishga uchun kirish imtihonlari
ikki (test hamda jismoniy) bosqichda amalga oshiriladi;✅ test sinovlari oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha topshiriqlar spetsifikatsiyasi va baholash mezonlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan
har yili imtihon boshlanishidan bir oy oldin eʼlon qilinadi;✅ test sinovlari
ona tili va matematika fanlaridan tashkil etiladi;
✅ kirish imtihonlarining yakuniy natijalari har yili avgust oyida vazirlik va Jasorat maktablarining
rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi;✅“Jasorat sinflari”da taʼlim jarayonlari qanday olib boriladi?✅ taʼlim jarayonlari
5-11- sinflarda kunduzgi taʼlim shaklida, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun belgilangan
davlat taʼlim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi;✅ matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari
chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi;✅ oʻquv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har chorakda b
ir marta harbiy qismlarda amaliy mashgʻulotlar olib boriladi;✅ 9-sinfni yakunlagan oʻquvchilarga tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma, 11-sinfni tamomlagan oʻquvchilarga umumiy oʻrta taʼlim
toʻgʻrisida shahodatnoma beriladi;
✅ "Jasorat maktablari”ni bitirgan oʻquvchilarga qanday imtiyozlar bor?✅ aʼlo baholar bilan tamomlagan hamda “Vatan tayanchi” otryadining aʼzosi boʻlgan bir nafar oʻquvchiga Mudofaa vazirligi tomonidan oliy harbiy va harbiylashtirilgan hamda yuridik taʼlim muassasalariga
oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.🔗 Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi tegishli qarori bilan “Jasorat maktablari” roʻyxati tasdiqlangan. ➡️Yangiliklarni kuzatib boring:Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV