tgoop.com/millionuzbekcoders/384
Last Update:
📢 “Voice Ai Challenge Uzbekistan” xakatoni!
✅ 2021-yilning 24-26-dekabr kunlari “Voice Ai Challenge Uzbekistan” musobaqasi boʻlib oʻtadi, unda xakaton ishtirokchilari oʻzbek tilidagi ovozli maʼlumotlar asosida ilova, bot, dastur yoki boshqa istalgan raqamli mahsulotni yaratishi kerak boʻladi.
🎁 Xakaton yakunida ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan noutbuklar, planshetlar va smartfonlar koʻrinishidagi qimmatbaho sovgʻalarga ega boʻladilar.
▫️ Tashkilotchilar: Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, BMTTDning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Raqamli texnologiyalar va sunʼiy indrokni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti, shuningdek KASH APP bilan hamkorlikda.
▫️ Arizalarni topshirishning oxirgi muddati: 2021-yil 21-dekabr.
➡️ Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://clck.ru/Yv3xR
ℹ️ Batafsil ma'lumot: https://clck.ru/YvKpo
BY One Million Uzbek Coders

Share with your friend now:
tgoop.com/millionuzbekcoders/384