Warning: mkdir(): No space left on device in /var/www/tgoop/post.php on line 37

Warning: file_put_contents(aCache/aDaily/post/millionuzbekcoders/--): Failed to open stream: No such file or directory in /var/www/tgoop/post.php on line 50
One Million Uzbek Coders@millionuzbekcoders P.129
MILLIONUZBEKCODERS Telegram 129
🔝5 ta talabgir IT kasb

Axborot texnologiyalari sohasi tobora rivojlanib bormoqda. Ushbu postimizda IT sohasida katta talabga ega 5 ta kasb haqida aytib beramiz.

🤩Qani boshladik:

1. Ma’lumot tahlilchisi

Bu katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ish olib boradigan mutaxassis. Ushbu kasb matematika va statistika bo‘yicha chuqur bilimni talab qilmaydi, analitik vositalarni bilishning o‘zi yetadi. Ma’lumot tahlilchilari davlat idoralarida ham, iqtisodiy sohalarda ham talabga ega.

2. Veb dasturchi

Veb dasturchi ushbu ro‘yxatdagi o‘rnini 15 yildan beri saqlab kelmoqda. Ushbu kasbni HTML/CSS'dagi boshlang‘ich bilimingiz bilan ham eplab ketsa bo‘ladi. Ammo hanuzgacha ushbu sohada turli xil freymvorlarni yaxshi biladigan yuqori malakali mutaxassislar soni kam.

3. Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis

Ular bevosita axborot xavfsizligi tizimi, uning auditi va monitoringini yaratishda katta rol o‘ynab kelmoqda. Hozirgi kunda na tijorat tuzilmalari, na idoraviy tashkilotlar axborot xavfsizligi xodimlarisiz ishlay olmaydi, va bu o‘z o‘rnida ularni yurqori maosh bilan ta’minlaydi.

4. Python dasturchisi

Ushbu mutaxassis yuqori darajadagi dasturlash tilidan foydalangan holda client-server ilovalari, turli xil o‘yinlar, mikroservislar, katta va kichik saytlar, ijtimoiy tarmoqlar uchun botlarni yaratadi. Ushbu sohada mutaxassislarning yetishmasligi sababli, so‘nggi yillarda Python dasturchilariga bo‘lgan talab 20 foizga o‘sdi.

5. Ma’lumotlar bazasi administratori

Ushbu mutaxassislar server ma’lumotlar bazasi bilan ishlaydi hamda MBBT ni yaxshi darajada biladi.
Mazkur yo‘nalishda faoliyat olib boradigan mutaxassislarning soni yiliga atigi 10 foizga o‘sishi kuzatilmoqda, va bu o‘z o‘rnida sohaga yangidan qo‘shilganlar sonining pastligidan dalolat beradi.

✌🏻Katta talabga ega IT kasblar to‘g‘risidagi kichik hisobotimiz yosh mutaxassislarga soha tanlashlarida yordam beradi degan umiddamiz.

tgoop.com/millionuzbekcoders/129
Create:
Last Update:

BY One Million Uzbek Coders

Share with your friend now:
tgoop.com/millionuzbekcoders/129

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Over 33,000 people sent out over 1,000 doxxing messages in the group. Although the administrators tried to delete all of the messages, the posting speed was far too much for them to keep up. Add the logo from your device. Adjust the visible area of your image. Congratulations! Now your Telegram channel has a face Click “Save”.! Hui said the time period and nature of some offences “overlapped” and thus their prison terms could be served concurrently. The judge ordered Ng to be jailed for a total of six years and six months. Earlier, crypto enthusiasts had created a self-described “meme app” dubbed “gm” app wherein users would greet each other with “gm” or “good morning” messages. However, in September 2021, the gm app was down after a hacker reportedly gained access to the user data. 3How to create a Telegram channel?
from us

Telegram One Million Uzbek Coders
FROM American