tgoop.com/millionuzbekcoders/110
Last Update:
🤩Onlayn ta'limni samarali qilish bo'yicha maslahatlar!
Onlayn ta'limning afzalliklari bor, lekin uning o'ziga xos muammolari ham bor. Biz o’qish jarayonini samarali o'tkazishga yordam beradigan maslahatlar bilan bo’lishamiz.
1. Vaqtingizni boshqaring.
Kundalik vazifalar jadvalini tuzing. Bu sizga vaqtni boshqarish va barcha materiallarni o'z vaqtida o'rganish va topshiriqlarni topshirishni o'rganishga yordam beradi.
2. Kundalik o'quv maqsadlarini belgilang.
O'zingizdan har kuni nimaga erishmoqchi ekanligingizni so'rang. Maqsadni aniq belgilash sizga g'ayratli bo'lishga va sustkashlikka qarshi kurashishda yordam beradi. Maqsad aniq bo'lishi kerak. Maqsadga erishganingizda o'zingizni mukofotlashni unutmang.
3. Bir vaqtni o’zida ko'p vazifalarni bajarmang.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ko'p vazifalar miyaning yangi ma'lumotni eslab qolish qobiliyatini pasaytiradi, shuning uchun bir vaqtni o’zida ko’p vazifalarni bajarmang.
4. Tanaffus qiling.
Yuqori ko'rsatkichlar uchun tanaffus juda muhimdir. Agarda siz vazifani bir soat ichida samarasiz bajarayotkan bo’lsangiz, albatta tanaffus qiling.
5. O'z yutuqlaringiz bilan o'rtoqlashing.
Do'stlaringizga o'tayotgan kurslaringiz haqida aytib bering, yutuqlaringizni ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlaringizga joylashtiring. Bu taktika sizga ko’proq kuch va g’ayrat bag’ishlaydi.
📌Ushbu maslahatlarni amaliyotda qabul qiling va o’z oldingizga qo’ygan maqsadlaringizga erishing!
BY One Million Uzbek Coders

Share with your friend now:
tgoop.com/millionuzbekcoders/110