tgoop.com/migratsiyaagentligi/13924
Last Update:
🇰🇷Koreya Respublikasida noqonuniy bo'lib turgan yurtdoshlarimiz diqqatiga!
Koreya Respublikasida noqonuniy (nolegal) bo’lib turgan yurtdoshlarimiz 2024-yil 29-fevralgacha ushbu davlatdan chiqib ketishi mumkin.
Buning uchun chiqib ketishdan 3 ish kuni oldin Immigratsiya xizmatiga borib, ketish to'g'risida ixtiyoriy ariza to'ldirish, pasport va aviachipta taqdim etish zarur.
Immigratsiya xizmati beradigan tasdiqnoma bilan vatanga muammosiz qaytib kelishi mumkun.
Immigratsiya xizmati ma'lum qilishicha, noqonuniy bo’lib turgan fuqaro ushbu imkoniyatdan foydalanib o'z xohishi bilan chiqib ketsa, deportatsiya qilinmaydi va kelgusida Koreya Respublikasiga qayta kirib borish imkoniyatiga ega bo'ladi.
❗️Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi yurtdoshlarimizni Koreya Respublikasi migratsiya qonunlarini buzmaslikka va nolegal holatga o‘tmaslikka chaqiradi.
👉 Batafsil ma'lumot
☎️ 070-4252-2772, 062-962-02-01
🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Twitter |Veb-sayt
BY XORIJDA ISH

Share with your friend now:
tgoop.com/migratsiyaagentligi/13924