Telegram Web
🕊 Zentralfriedhof – Vena markaziy qabristonida bo’ldim

Bugun ertalabdan 8,2 yevroga Vena shahridagi barcha jamoat transportlari uchun 24 soat davomida istalgancha foydalansa bo’ladigan chiptani olib, tramvayga o’tirib, dunyo musiqa tarixining buyuk shaxslari yotgan qabristonga bordim.

Bu qabriston — Yevropadagi eng yiriklaridan biri bo‘lib, bu yerda Ludwig van Beethoven, Franz Schubert, Johannes Brahms, Johann Strauss kabi bastakorlar abadiy uy topgan. Ularning qabrlari yonma-yon joylashgan.

@lazizhamidov
So‘m mustahkamlanishda davom etmoqda

Quyida so‘nggi kunlarda ba’zi valyutalar kursining dollarga nisbatan o‘zgarishi keltirilgan. Grafikda so‘m, Braziliya reali hamda Polsha Zlotiysidan keyin dollarga nisbatan eng yuqori mustahkamlangan valyuta bo‘lgan. So‘nggi 5 sessiyada so‘m dollarga nisbatan 0,7 foizga mustahkamlangan (agar bugungi prognozniyam qo‘shsak mustahkamlanish 1 foizdan oshadi).

Shuningdek, asosiy hamkorlarimiz valyutalaridan rubl bu davrda dollarga nisbatan 0,5 foizga, yuan esa 0,03 foizga mustahkamlangan.  Yevro (-0,7 foiz), iyena (-0,3 foiz) kabi valyutalar esa hafta davomida dollarga nisbatan eng yuqori qadrsizlangan valyutalar bo‘lgan.

24-iyun kuni amal qiladigan dollar kursi yana 81-82 so‘m atrofida atrofida pasayishi prognoz qilinmoqda. Ayni vaqtda rasmiy dollar kursi 12 496.94 so'm bo'lib turibdi.

@lazizhamidov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Har qanday holatda va havoda ham ogʻirimizni yengil qiladigan kasb egalari

Kuryerlik — bu faqat xizmat emas. Bu — mas’uliyat, haroratga, yomg‘irga, sovuqqa, charchoqqa qaramasdan buyurtmalarni o‘z vaqtida eltib berish degani. Ular har kuni biz bilmagan yuzlab manzillarga boradi, har bir eshik ortida turli odamlar, turli ehtiyojlar va har bir buyurtma ortida kutayotgan inson borligini biladilar.

Ushbu do‘stlarimiz bizning ertalabki qahvamizni, tushligimizni, onamizga dori-darmonni, ayolimiz va farzandlarizga kerak boʻladigan mahsulotlarni kechayu kunduz yetkazib beradi.

Uzum Tezkorning “Kuryer hikoyasi” loyihasi ana shu mehnat ortidagi haqiqiy hayotlarni ochib beradi. Kulgili, qiyin, iliq va dildan o‘tgan turlicha voqealar. Bu hikoyalar — oddiy ko‘ringan odamlarning qahramonliklari haqida.

Agar siz ham kuryerlarga minnatdorlik bildirmoqchi bo‘lsangiz, ilovada buyurtmadan keyin rahmat sifatida choychaqa qoldirsangiz boʻladi. Ular esa buni albatta his qiladi.

Chunki har bir yetkazib berish — bu oddiy ish emas. Bu — kimnidir quvontirish san’ati.

@lazizhamidov
Eng yirik qurol eksportchilari va importchilarining ro‘yxati ekan.

Dunyodagi eng yirik qurol eksportchisi — AQSH. Uning ulushi oxirgi besh yilda 35%dan 43%ga chiqqan.

Rossiya va Xitoy ulushi pasaygan.

Ukraina esa dunyodagi eng yirik qurol xaridori. Ilgari 0.1% ulushga ega edi, hozir — 9.1%.

@lazizhamidov
Venada U2 va U5 metro yo’lini qazish ishlari 2021 yildan buyon davom etyapti. Qiziqib, yaqinroq borib, loyiha chizmasi bilan tanishib ko’rdim, bularni katta yo’lni tagini qazish rejasini qarang))

@lazizhamidov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👤Har bir g‘oya e’tiborga loyiq, har bir yosh avlod imkoniyatga munosib

AloqaBank bugun bu shunchaki tijorat banki emas. Balki g‘oyalariga ishongan, biznes orzularni haqiqatga aylantiruvchi kuch. Yoshlar banki: yangicha ruh, yangi missiyasi. Endi AloqaBank — bu ilhom, qo‘llab-quvvatlovchi hamrox va startaplar uchun mustahkam moliyaviy asos hisoblanadi.

Kelajak bugundan boshlanadi, g‘oyalaringiz biz bilan qadrlanadi!

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube

Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eron fuqarolariga O‘zbekistonga vizasiz kirishi masalasi ko‘rib chiqilmoqda ekan.

Ayni vaqtda o‘zbekistonliklar Eronga yiliga ikki marta ikki haftaga sayyoh sifatida vizasiz borishi mumkin.

@lazizhamidov
2020-yil sentabr oyida ochilgan yerusti metro yo‘lida prokuratura tomonidan qator kamchilik va xatolar aniqlanibdi.

14 ta bekatni o‘z ichiga olgan butun liniya vaqtincha yopilgan. 2025-yil yoz davomida “rejali profilaktika ishlari” olib borilmoqda.

@lazizhamidov
Trolleybusga boshqa chiqmasam kerak, deb o’ylagan edim, yo’q, chiqarkanman 😅

Bratislava. Slovakiya.

@lazizhamidov
2025/06/25 17:36:40
Back to Top
HTML Embed Code: