Telegram Web
Laziz Hamidov
Aytgancha, mana bu masala bo’yicha, chiqsam, qog’oz yopishtirib ketishibdi. Soat 12:50 holati bo’yicha to’lov qilinmagan, deb topishibdi. Lekin mobil dastur ko’rsatishi bo’yicha 12:18dan 13:18ga qadar to’lov qilganman. 12:50 holati bo’yicha to’lov vaqti faol…
Mana shu xatolik bo‘yicha Poytaxt Parking direktori menga izoh yuboribdi.

Uning aytishicha, bu holat texnik xatolik hisoblanadi. Hech qanday qo‘shimcha to‘lov qilinmaydi, sababi o‘z vaqtida to‘lovni amalga oshirganman. Hozirda bunday texnik nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan qo‘shimcha ishlar olib borilmoqda ekan.

@lazizhamidov
Viloyatdan kelgan taksi haydovchilari faqat o'z viloyatida taksi haydovchiligi qila olishlari haqidagi yangilikka ko'zingiz tushgan bo'lsa kerak.

Bu viloyatdan kelgan haydovchilar uchun iqtisodiy zarba: Toshkentda taksi haydashlik — ko‘plab viloyatliklar uchun asosiy daromad manbai. Ularning bu imkoniyatdan mahrum bo‘lishi ko‘plab oilalar iqtisodiga bevosita zarar yetkazadi. Iqtisodiy tengsizlikni kuchaytiradi, ishsizlikni oshiradi. Haydovchilarni emas, aynan transport oqimini boshqarish — zamonaviy va adolatliroq yechim bo‘ladi. Jamoat transportlariga ko'proq ustunlik berish, pulli avtoturargohlarni ko'paytirish zarur.

Shota Rustaveli ko‘chasida boshlangan loyiha yaxshi. Lekin bitta ko‘chada emas, butun Toshkentning asosiy katta yo'llarida shunaqa qilish kerak. Jamoat transportiga yo‘l ochaylik, ularga ustunlik beraylik, mashinalarni o‘ylamasak ham bo‘ladi — bozor o‘zi tartibga soladi.

@lazizhamidov
2025-yil 9-iyun kuni Rossiya kuni munosabati bilan o‘tkazilgan qabulda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov diplomatik missiyasi nihoyasiga yetganini rasman e’lon qildi. Elchining xayrlashuv nutqi doimgidek shablon gaplar: ming yillik tarix, barqaror mudofaa, ma’naviy yaqinlik, strategik sheriklik va hokazo.

Bilishimcha avval O‘zbekistonda diplomatik an’anaga ko‘ra, davlat rahbari mamlakat uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan davlatlar — jumladan Rossiya, AQSh va Xitoy elchilari bilan ularning missiyasi yakunida xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazgan.

Bu safar Prezident ketayotgan elchi bilan uchrashmadi. Bosh vazir kuzatib qo'yibdi. Hay, shunday rejalashtirilgandir reglamentda.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu videoda SMM mutaxassislari va dizaynerlar uchun juda qulay va amaliy usullar ko‘rsatilgan. Ishingizni yengillashtirish, vaqtni tejash va ijodiy g‘oyalarni topishda ChatGPT sizga katta yordamchi bo‘lishi mumkin.

@lazizhamidov
Forwarded from Xushnudbek.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Lolazor — Yaponiyada!

Ochig’i bunaqa formatdagi podkast (yoki filmcha) biz uchun yangilik edi, shu sababli montajida biroz qiynaldik va ko’proq vaqt talab qildi.

Lekin o’zimiz uchun yaxshi yangilikka qo’l urdik, deb o’ylayman. Bir xil qolipda qotib qolmaslikka harakat qildik.

Bu urinishimiz qanchalik yaxshi chiqdi yoki yo’q, bunga Xudo xohlasa, yakshanba kuni o’zingiz baho berasiz.

Har qanday fikringiz, taklifingiz va tanqidingiz biz uchun muhim.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun internetda mana shu video juda ham keng tarqalib kulgiga olinmoqda. Gap shundaki, Donald Trampning tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan paradda qatnashgan amerikalik harbiylarning yurish uslubi juda ham no'noq va tartibsiz. Ko‘plab foydalanuvchilar ularning yurish harakatlari nimaga bunchalik g‘alati ekanligini muhokama qilishmoqda.

Bilguvchilarning yozishicha, buning asosiy sababi, AQShda harbiy paradda yurish bo‘yicha alohida tayyorgarlik ko‘rilmaydi. Bu narsa harbiylar uchun ustuvor emas, keraksiz va real jangovar sharoitda foydasiz deb hisoblanadi.

Masalan, Xitoy yoki Rossiyada harbiy paradlarga maxsus tayyorgarlik ko‘riladi – yurishlar, qadamlar va har bir harakat aniq mashq qilinadi. A, amerikaliklar esa bunday harakatlar keraksiz deb hisoblashar ekan.

@lazizhamidov
Esingizda bo‘lsa aprel oyida Dubayda o‘zbekistonliklar ishtirokida ommaviy mushtlashuv bo‘lgandi. Hatto bu sababdan BAA bilan vizasiz rejimi bekor bo‘lishiga ham bir bahiya qolgandi. Xorijiy OAVning yozishicha, o'sha janjal tufayli ikki o‘zbekistonlik halok bo‘lgan. Ishga aloqador 11 kishi, jumladan, asosiy gumondorlar qo‘lga olingan. Katta ehtimol bilan ular o‘limga hukm qilinadi.

@lazizhamidov
Yaponiyada 2024-yilda atigi 686 ming nafar chaqaloq tug‘ilibdi. 1886-yildan beri birinchi marta tug‘ilish soni 700 mingdan pastga tushgan. 124 million aholisi bor davlat uchun bu juda xavotirli ko‘rsatkich.

Qiziq tomoni – ikki yil oldin o‘zlari 2039-yilgacha tug‘ilishlar soni 680 mingdan pastga tushmaydi, deb prognoz qilgan ekan. Lekin hali 2039-yilga borishga 15 yil bor, bu raqamga allaqachon yaqinlashib qolishdi.

Taqqoslash uchun O‘zbekistonni olaylik. Bizda aholi soni ular bilan solishtirganda 3 barobar kam, lekin 2024-yilda 926 ming bola tug‘ilgan.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaqinda doimiy hamkorimiz — “Uzbekistan’s Club” jamoasi bizdan jurnal uchun taqdimot animatsiyasini tayyorlab berishimizni so‘radi. Marhamat natija. Bir ko‘ring, baho bering.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi Toshkent haqida. Aytishlaricha bu loyiha 10 yil davomida qurib bitkaziladi va 2 million aholi istiqomat qilishi uchun mo’ljallangan.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Chorsudan tortib Tarix-Sag‘bon, Qorasaroy-Sag‘bon atrofidagi mahallalarga umuman tegmaslik kerak.”

@lazizhamidov
O‘zbekistonda hafta boshidan buyon dollar deyarli 201 so‘mga (-1,57 foiz) qadrsizlandi. Bu 2024-yil 31-iyuldan beri minimal qiymat hisoblanadi. Yuqoridagi grafikadan ham dollar qanchalik tushganini ko‘rishingiz mumkin. Bunaqasini yaqin o‘tmishda ko‘rmagan edim)

Aytishlaricha, dollar tushishining sabablari quyidagi omillarga bog‘liq bo‘lib turibdi:

— eksport tushumlarining ko‘payishi;
— oltin eksportidan kelgan daromadlarni sterilizatsiya qilish;
— oy boshida rubl kuchayishi fonida pul o‘tkazmalarining o‘sishining kechikkan ta’siri;
— kutilmalarning o‘zgarishi. Masalan, so‘mning nisbiy barqarorligi milliy valyutadagi jamg‘armalarning jozibadorligini oshiradi, bu esa omonatchilar tomonidan chet el valyutasi taklifining ko‘payishiga olib kelishi mumkin.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Videoda – Argentin va Chili o‘rtasidagi chegara.

Argentina — tarixda rivojlangan davlat maqomiga erishib, keyinchalik rivojlanayotgan davlatga aylangan dunyodagi yagona mamlakat. Ayniqsa, u dunyodagi eng ko‘p defolt (bankrotlik) e’lon qilgan davlat. Bunga sabab – uzoq yillik populistik boshqaruv, uzoqni ko‘zlamaydigan iqtisodiy qarorlar va inflyatsiyadan toliqib qolgan xalq.

Chili esa buning teskarisi. Janubiy Amerikada barqaror iqtisodiyot, zamonaviy sanoat va eksportga yo‘naltirilgan siyosat bilan tanilgan. Bu davlatda iqtisodiy islohotlar puxta amalga oshirilgan va o‘z samarasini ko‘rsatgan.

Qisqacha aytganda, biri populizm domiga ketgan, ikkinchisi esa islohotlar yo‘lidan. Shu bois bu ikki qo‘shni davlat bugun iqtisodiy jihatdan turlicha olamda yashayapti.

@lazizhamidov
Dollar nega qulamoqda?

So‘nggi paytlarda dollar kursi pasayib ketganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Bugun rasmiy kurs 12 500 so‘mdan ham pastladi va bir yarim yillik eng past darajaga tushdi.

Bu vaziyatda ko‘pchilikda savol tug‘ilmoqda: dollar nega bunchalik tushyapti? @Bankir kanali bunga batafsil javob beribdi.

Kanalda dollarda pul jamg‘arish moliyaviy noto‘g‘ri qaror ekani bir necha yildan beri aytib kelinadi.

Bu yerda dollarning kunlik prognozlarini ham topish mumkin. Obuna bo‘ling, juda foydali loyiha — @Bankir

Reklama
Twitterdagi gaplar ruknidan.

@lazizhamidov
O‘zbekistonda IELTS imtihonlarining ayrim natijalari bekor qilinyapti ekan. Sababi — test savollari internetga sizib, sotuvga chiqib ketgani. Ayrim nomzodlar “tayyor javoblar” bilan imtihon topshirgan.

Bu ishning ichida yurgan tanishimning aytishicha, dunyo bo'ylab 4 million nafar nomzod yiliga IELTS sertifikati uchun imtihon topshradi. IELTS resurslari cheklangani sabab dunyoning 8 mintaqasida bo‘ladigan barcha imtihonlar uchun savol tuzib berolmaydi. Shuning uchun, 2023-yilda, masalan, Shimoliy Osiyo regionida ishlatgan savollarni IELTS keyingi yili O‘zbekistonda ham ishlatishi mumkin.

17-iyun kuni IDP imtihon markazi o‘zining tarmoqlardagi sahifasida so‘nggi paytlarda test materiallarining noqonuniy savdosi avj olganini rasman aytib o'tibdi. Tashkilot bu holatni faqat qonunbuzarlik emas, halollik, ta’lim tizimi va kelajak orzulariga xiyonat, deb aytgan.

Ayni vaqtda imtihon javoblari qayta tekshirilmoqda, bu abituriyentlar uchun muammo. Sababi ingliz tili sertifikati bilan OTMga kirish imtihonlarida yengillik olishni reja qilgan nomzodlar o'z vaqtida sertifikat ololmaydi. Chunki OTMga qabul jarayonlari 25-iyun kuni yakunlanadi.

@lazizhamidov
2025/06/26 02:18:12
Back to Top
HTML Embed Code: