tgoop.com/kogontumanhokimligi/30419
Last Update:
⚡️NAVBATDAGI O'RGANISH ISHLARI TARAQQIYOT HAMDA O'BA-CHO'LI MAHALLALARIDA BO'LIB O'TDI
Xabar berib borayotganimizdek, tuman hokimi Otabek Qazoqov boshchiligidagi ishchi guruh tuman mahallalarida bo'lib, unda aholi murojaatlari bilan ishlash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarga biznes loyihalarni tayyorlashda konsultativ ko‘mak berish, aholi bandligini ta’minlash, mahallaning “o‘sish nuqta”larini aniqlash va xonadonma-xonadon yurish va odamlar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, jinoyatchilikni oldini olish, hududlar obodligini ta'minlash, tomarqadan samarali foydalanish kabi dolzarb masalalar mahalla faollari hamda mutasaddilar ishtirokida tahlil qilinmoqda.
Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi bugun, 4-fevral kuni Taraqqiyot mahalla markazi binosida tumanning "Taraqqiyot" hamda "O'ba-cho'li" mahalla fuqarolar yig'ini faollari bilan tashkil etildi. Uchrashuvda tuman hokimi Otabek Qazoqov boshchiligidagi sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, tashkilot va korxona rahbarlari, "mahalla yettiligi" hamda faollar ishtirok etdi. Dastlab ishchi guruh tomonidan olib borilgan o'rganishlar tanqidiy tahlil qilindi. Shundan so'ng tuman hokimi tomonidan hududlarda faoliyat yuritayotgan "mahalla yettiligi" bilan belgilangan vazifalar bo'yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Muhokama so'ngida tuman hokimi mas'ullarga hamda mahalla yettiligiga mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, aholi murojaat va takliflarini o'z vaqtida hal etish bo'yicha topshiriq va ko'rsatmalar berdi.
|Kogon tuman hokimligi rasmiy kanali
Telegram | facebook | Youtube
BY Kogon tuman hokimligi |Rasmiy kanal

Share with your friend now:
tgoop.com/kogontumanhokimligi/30419