Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FGDS

Fibrogastroduodenoskopiya - bu shifokor yumshoq ingichka naycha va videokamera (endoskop) yordamida qizilo'ngach, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakning yuqori qismini tekshiradigan tibbiy muolajadir.

Ushbu muolaja oshqozon-ichak tizimining yaralar, yallig'lanishlar, o'smalar va boshqa patologiyalar kabi turli kasallik va holatlarni tashxislash imkonini beradi.

FGDS vaqtida endoskop bemorning og'iz va qizilo'ngachidan kiritilib, keyin oshqozon orqali o'n ikki barmoqli ichakka o'tkaziladi.

🩺Kanalga ulanish: @Klinik_fikrlash
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rinofima — burun terisining xavfsiz o'smasimon o'zgarishi bo'lib, burunning barcha elementlari gipertrofiyasi bilan namoyon bo'ladi va odam yuzini xunuk(ko'rimsiz) qilib qo'yadi. Barcha teri elementlari kattalashadi, shu jumladan yog' bezlari va ularning chiqaruv yo'llari ham gipertrofiyalanadi. Rinofimada yog' ajralashi kuchayishi, o'tkazuvchi yo'llarda yo'gning to'planishi, ham yoqimsiz hid aniqlanadi. Odatda rinofima diagnozini qo'yish uchun oddiy dermatologik ko'rik yetarli bo'ladi.

Videoda rinofima olib tashlanishi

🩺Kanalga ulanish: @Klinik_fikrlash
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dermografizm (lotincha dermographismus, “teriga yozish” degani) — bu teriga yengil mexanik ta’sir (masalan, tirnalish, ishqalash yoki bosish) berilgandan keyin, shu joyda rangli chiziq yoki shish paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladigan teri reaksiyasi.
U tibbiyotda fiziologik va patologik holat sifatida uchrashi mumkin.

Mexanizmi: Mexanik ta’sir natijasida teri kapillyarlari va semiz hujayralar (mastotsitlar) ta’sirlanadi. Semiz hujayralar gistamin ajratadi, bu esa kapillyarlarning kengayishiga va suyuqlik chiqishiga olib keladi. Natijada terida oq yoki qizil chiziq, ba’zan shish paydo bo‘ladi.

Saqlanish davomiyligi: Odatda 1–15 daqiqa ichida yo‘qoladi, lekin ba’zan uzoqroq saqlanishi mumkin.

Turlari
•Oq dermografizm
•Qizil dermografizm
•Urtikar dermografizm

Normada: Ko‘pchilik odamlarda yengil qizil dermografizm fiziologik holat hisoblanadi.

Patologiyada:
•Allergik dermatozlar
•Atopik dermatit
•Stress, vegetativ distoniya
•Dorilarga reaksiya

Kanalga ulanish👉 @Medosferauz
Pellagra - bu B guruhga kiruvchi vitaminlari va nikotinat kislota (vitamin PP) yetishmasligi natijasida rivojlanadigan kasallik.

Rivojlangan davlatlarda nikotinat kislotaning ozuqa tarkibida yetishmovchiligi kam uchraydi.

Klinik ko'rinishi "3 D" ko'rinishda:
1. Dermatit - mahalliy pigmentli toshmalar.
2. Diareya - gastroenterit natijasida.
3. Demensiya - ko'plab nevrologik kasalliklar qatorida kognitiv funktsiyaning pasayishi.

Davolashni, asosan, zarur vitaminlarga boy ozuqaviy qo'shimchalar (peroral, zarur bo'lsa mushak ichiga inyeksiya shaklida) qabul qilish orqali amalga oshirilish mumkin.

🩺Kanalga ulanish: @Klinik_fikrlash
2
Neyrofibromatoz

Teri, yumshoq to'qimalar, asab tizimi va ichki organlarda yaxshi sifatli o'smalarning shakllanishi bilan ifodalanadigan irsiy kasallik.

🧬 50% holatda kasallik autosom-dominant holatda avloddan-avlodga irsiylanadi. Qolgan holatlarda esa kariotipdagi 17-xromosomasining uzun yelkasida joylashgan NF-1 deb nomlangan genida yuzaga keladigan spontan mutatsiyaga bog'liq.

🦠 Neyrofibromatozda xromasomaning bu sohasida mutatsiyaning turli ko'rinishlar - deletsiya, inversiya, translokatsiya va nuqtali mutatsiyalar uchrashi mumkin. Bu o'zgarishlar natijasida organizmda o'sma rivojlanishiga olib keluvchi nuqsonli neyrofibromin oqsili sintezlana boshlaydi.

💉 Bu o'smalar olib tashlanadi, ammo qaytalanish muqarrar.

👨‍⚕👩‍⚕KLINIK FIKRLASH KANALI
Pterigium - shohparda tomon o‘suvchi, konyuktivaning qon-tomirli hosilasi.

Sabablari:
-Quyosh nuri
-Shamol va chang
-Kompyuterda uzoq vaqt ishlash

Kanalga ulanish: @Klinik_fikrlash
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FGDS

Fibrogastroduodenoskopiya - bu shifokor yumshoq ingichka naycha va videokamera (endoskop) yordamida qizilo'ngach, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakning yuqori qismini tekshiradigan tibbiy muolajadir.

Ushbu muolaja oshqozon-ichak tizimining yaralar, yallig'lanishlar, o'smalar va boshqa patologiyalar kabi turli kasallik va holatlarni tashxislash imkonini beradi.

FGDS vaqtida endoskop bemorning og'iz va qizilo'ngachidan kiritilib, keyin oshqozon orqali o'n ikki barmoqli ichakka o'tkaziladi.

🩻Kanalga ulanish: @Klinik_fikrlash
Gibbus deformatsiyasi — bu qisqa segmentli struktural torakolyumbal kifoz (orqa umurtqa egilishi).

Bir yoki bir nechta umurtqa tanalarining old tomondan qulash juda o'tkir burchakli kifozga olib keladi, bu rasmda ko'rinib turibdi.

🩻Kanalga ulanish: @Klinik_fikrlash
Chaqaloqlarda marmar teri (Cutis marmorata)

Sovuqda chaqaloq terisida to‘q qizil-ko‘k “marmar” naqsh paydo bo‘lishi cutis marmorata deyiladi. Bu chaqaloqlarda qon tomirlarining issiqlik nazorati tizimi yetilmaganligi sabab yuz beradi. Iliqlashganda odatda yo‘qoladi va xavfli emas.

🩻Kanalga ulanish: @Klinik_fikrlash
4
⚡️Neyrobiologlar TikTok va Reels'larni tomosha qilish miya uchun alkogolga qaraganda besh baravar xavfliroq ekanligini aniqlashdi.

Miya dofamin chiqarishning ushbu oson usuliga o’rganib qoladi va tez qaramlik hosil qiladi — bu qaramlik spirtli ichimliklardan ancha kuchli.

Doimiy lentani aylantirish miyamizning prefrontal bo’lagini zo’riqishiga sabab bo’ladi, ya’ni u dam olmaydi. Natijada, biz o’qish, darslar yoki ishlashdan zavqlanishni to’xtatamiz, sabrni talab qiladigan ishlarda esa jahldor bo’lib qolamiz.

Kanalga ulanish👉 @Medosferauz
Forwarded from Doctor Muxtorov
​​ENG OMMABOP KITOB SAYTLARI

Sizga qulaylik yaratish maqsadida dunyo bo'yicha eng ommabop kitob saytlarini bitta postga jamladim. Uydan chiqmasdan oromkursiga o'tirib, bemalol mutolaa qilsamgiz bo'ladi.

1. ManyBooks.net
2. ebooks.nypl.org
3. bibliomania.com
4. bartleby.com
5. openlibrary.org
6. onlinebooks.library.upenn.edu
7. books.google.com
8. gutenberg.org
9. archive.org
10. pdfdrive.com

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Ilk bor cho‘chqa o‘pkasi insonga ko‘chirib o‘tkazildi

Nature Medicine da e’lon qilingan maqolaga ko‘ra xitoylik olimlar 39 yoshli miya faoliyati to‘xtagan bemorga genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqa o‘pkasini muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tqazishdi. Bu o‘pka 216 soat davomida ishlagan va bu ksenotransplantatsiya rivojlanishida muhim qadam hisoblanadi.

Bir kundan so‘ng va keyinroq yuzaga kelgan shish va rad etish bilan bog‘liq dastlabki muammolarga qaramay, operatsiya hayvon a’zolarini ko‘chirib o‘tqazish imkoniyatini namoyish qildi. Shu bilan birga, rad etish va infeksiyalarni oldini olish sohasidagi muammolar hali ham dolzarbligicha qolmoqda.

Kanalga ulanish👉 @Medosferauz
👍31
Forwarded from PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI) (Doctor Muxtorov)
Mustaqillik bayramingiz muborak bo'lsin!

Mustaqillik – xalqimiz asrlar davomida orzu qilib kutgan, erk va ozodlikka intilib yashagan umidlari va kurashlarining samarasidir.

Aziz yurtdoshlar, “@PEDIATRIC_UZ” jamoasi Mustaqilligimizning 34 yilligi bilan muborakbod etadi. Xurligimiz, mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

Yurtimizni tinchiligiga hech qachon ko‘z tegmasin!

Huramat bilan Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Alport sindromi.pdf
1.1 MB
Alport sindromi

Ilk bor o'zbek tilida

Kanalga ulanish👉 @Medosferauz
Ksantelazma — bu ko‘z qovoqlarida, asosan ichki burchak atrofida paydo bo‘ladigan, yumshoq, sarg‘ish rangli blyashkalar. U xolesterin va lipidlar to‘planishi natijasida yuzaga keladi. Ko'pincha ayollarda uchraydi.

📌 Asosiy sabablari:
▪️Dislipidemiya (qonda xolesterin va triglitseridlarning yuqoriligi)
▪️Metabolik sindrom, qandli diabet
▪️Jigarning ayrim kasalliklari
▪️Ba’zida normal lipid profili fonida ham uchrashi mumkin

⚕️ Tibbiy ahamiyati:
Ksantelazma o‘zi xavfli emas, ammo yurak-qon tomir kasalliklari xavf belgisi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun lipid profilini tekshirtirish va asosiy sababni davolash muhim.

Kanalga ulanish👉 @Medosferauz
⚡️Britaniyalik shifokorlar sun’iy intellekt yordamida yurak xastaliklarini 15 soniyada aniqlay oladigan stetoskopni ishlab chiqishdi.

Qurilma yurak ishlashi va qon oqimini tahlil qiladi, shundan so’ng SI tashxisni smartfonga chiqarib beradi. Qurilma allaqachon 12 ming bemorda sinovdan o’tgan va natija hayratlanarli: yurak yetishmovchiligini aniqlash chastotasi ikki baravar, atriyal fibrilatsiya diagnostikasi esa uch barobarga oshdi.

Shifokorlarning ta'kidlashlaricha, bu boshida sezilmaydigan kasalliklarni o’z vaqtida aniqlab hayotni saqlab qolish, shuningdek, asoratlar paydo bo’lishidan oldin davolanishni boshlash imkonini beradi.

Kanalga ulanish👉 @Medosferauz
Quyidagi qaysi preparat "kulrang go'dak sindromi"ga sabab bo'lishi mumkin?
Anonymous Quiz
32%
Gentamitsin
49%
Xloramfenikol
15%
Eritromitsin
4%
Sefipim
2025/09/28 00:57:10
Back to Top
HTML Embed Code: