Telegram Web
Forwarded from Doctor Muxtorov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Robotlarga og’riqni his qilishni o’rgatishdi: Kembrij olimlari teginishni his qiladigan sun’iy terini yaratishdi.

Buning uchun ko’plab sensorlar o’rnatilgan yupqa gidrogel plyonkadan foydalanishdi. Neyron tarmoqqa har bir ta’sir turini tanib olishni o’rgatish uchun unga tegishdi, yoqishdi va kesishdi.

Ushbu texnologiya yordamida odamning teginish hissini tiklaydigan protezlar yoki teginishni his qila oladigan robotlar yasash osonroq bo’ladi.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Forwarded from Doctor Muxtorov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Neuralink miya implantlari endi fikr kuchi bilan nafaqat o’yinlar o‘ynashga, balki robot qo’llarni boshqarishga ham imkon beradi.

Sinovlar davomida shol bo’lgan odam faqat harakatlarni o’ylab, robot qo’lni boshqarib flomaster bilan yuk mashinasini chizishga muvaffaq bo’ldi, kelajakda uning chipini kibernetik protezlar va robotlarga ulash mumkin bo’ladi.

Bundan tashqari, Ilon Mask 2026-yilda ko’rish qobiliyatini tiklaydigan birinchi chipni implantatsiya qilishni, 2028-yilda esa depressiya va boshqa ruhiy kasalliklarni davolashni boshlashga va’da berdi.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Forwarded from Doctor Muxtorov
Toronto, 1922 yil.

Shahar kasalxonalaridan birida umrining so‘ngi lahzalarini yashayotgan bolalar yotardi. Ular diabetning og‘ir shakli — ketoasidozdan aziyat chekar, shifokorlarda ham, ota-onalarda ham hech qanday umid qolmagan edi. Palata qo‘rqinchli qabristonga o‘xshardi: har bir to‘shakda — o‘lim bilan kurashayotgan bola, yonlarida — ko‘z yoshini to‘xtata olmayotgan ota-onalar.

Ana shunday kunlarning birida palata eshigi ochilib, universitetdan kelgan bir necha olim kirib keldi. Ular yonlarida yangi, avval hech kim eshitmagan preparat — insulinning tozalangan ekstraktini olib kelishgandi. Shifokorlar navbatma-navbat bolalarga ushbu suyuqlikni yuborishni boshlashdi. Ular oxirgi bolaga ukol qilguncha, ilk ukol qilingan bola jonlanib, ko‘zlarini ochdi. Insulin - shu tariqa bemorlar hayotiga kirib keldi.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
👍91
Forwarded from Doctor Muxtorov
Birinchi antibiotik qanday paydo bo‘lgan?

1928-yilda Aleksandr Fleming laboratoriyasidagi tartibsizlik orasida, stafilokokk o‘sayotgan Petri (zamburug‘lar, bakteriya kabilar o‘stiriladigan idish) idishi ichida mog‘orsimon zamburug‘lar guruhi paydo bo‘lganini ko‘rib qoldi. Guruh atrofidagi stafilokokk shaffof rangda edi. Bu uning hujayralari o‘lganidan darak berardi. Olim o‘ylay-o‘ylay, hujayralarni parchalaydigan penitsillin moddasini ajratib chiqardi, aynan shu modda birinchi antibiotik sifatida tarixga kirdi.

Shu tariqa olimning laboratoriyasida o‘sgan tasodifiy zamburug‘lar millionlab hayotlarning haloskoriga aylandi.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
👍2
Forwarded from Doctor Muxtorov
Dorixona narkomaniyasi yosharib boryapti: bemorlar ro‘yxatida 10 yoshli bola ham bor

O‘zbekistonda «dorixona narkomaniyasi» yosharib boryapti. 5 mingga yaqin odam narkologik bemorlar dispanser hisobida tursa, ular orasida 10 yoshli bola ham bor. Bu haqda Respublika bosh narkologi Zarifjon Ashurov ma’lumot berdi.

Mutaxassisga ko‘ra, giyohvandlikka qarshi kurashda tanani davolashdan tashqari, psixologik muammolarni hal qilishga va ijtimoiylashuvga ahamiyat qaratish zarur. Chunki, Ashurovning ta’kidlashicha, yoshlarning aksariyati giyohvandlikka psixologik muammolar sabab berilyapti.

«Hozir giyohvandlik yo‘liga kirib qolish, asosan, ruhiy buzilishlar bilan bog‘liq. Yoshlar bilan suhbatlashganimizda, aksariyati psixologik muammolarni sabab qilib ko‘rsatadi. „Yaqinlarim meni eshitmaydi“, „fikrim bilan hech kimning ishi yo‘q“, kabi sabablarni keltiradi», — dedi u.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Forwarded from Doctor Muxtorov
👨‍⚕️ Amerikalik shifokor robotni masofaviy boshqarib bemorning o’simtasini olib tashlashga muvaffaq bo’ldi.

Bu «kontinentlar aro robotli jarrohlik» texnologiyalari sinovida birinchi bemor edi. Shifokor Florida'da bo’lgan, bemor esa Afrikada, operatsiya robot yordamida amalga oshirilgan.

Jarrohning aytishicha, kelajakda bunday favqulodda operatsiyalar to’g’ri tez yordam mashinasida kasalxonaga ketayotgan paytda amalga oshirilishi mumkin.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Forwarded from Doctor Muxtorov
👨‍⚕️Virtual shifokor haqiqiylardan o’zib ketdi.

MAI-DxO yangi neyron tarmog’i shifokorlarga qaraganda 4 marta aniqroq tashxis qo’ymoqda. Microsoft GPT, Gemini, Claude, Llama va Grok'dan tashkil topgan «kengash»ni tashkil qildi — ular birgalikda simptomlarni, testlarni tahlil qilishadi va o’zaro maslahatlashib aniq tashxisni qo’yishadi.

Sinov 304 ta murakkab tibbiy holat bo’yicha o’tkazildi. SI 80% hollarda to’g’ri tashxis qo’ygan, shifokorlar esa atigi 20% hollarda.

Ushbu neyrotarmoqning ommaviy versiyasi yaqinda chiqariladi.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Siz vrach, hamshira, farmasevt yoki tibbiyot oliygohi talabasimisiz?

O‘zingizga ma’qul ish qidiryapsizmi?


Sizlarga butun respublika bo‘ylab, tibbiyot yo‘nalishidagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot beruvchi kanalni tavsiya qilamiz.

MED VAKANSIYA kanali sizga o‘zingiz xohlagan ishni topishda ko‘makdosh bo‘ladi.

Kanalimiz manzili quyida👇👇👇
https://www.tgoop.com/joinchat-4Wn0usZYro85YTBi
👍1
Forwarded from Doctor Muxtorov
❗️Magistraturaga qabul boshlandi

2025–2026 o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistraturasiga hujjat qabul qilish boshlandi.

🗓 Arizalar my.edu.uz orqali 30 iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Tanlovda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lganlar ishtirok etishi mumkin.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Forwarded from Doctor Muxtorov
Google sun’iy intellekt — AlphaFold yordamida yaratilgan yangi rakka qarshi dori vositasini klinik sinovdan o‘tkazishni boshladi

Bu sun’iy intellekt nafaqat oqsillarning shaklini aniq bashorat qila oladi, balki ularning DNK, RNK, ionlar, antitelalar va dori molekulalari bilan o‘zaro ta’sirini ham modellashtira oladi. Tuzuvchilarning ishonch bildirishicha, ushbu texnologiya barcha turdagi kasalliklarni davolashga yordam berishi mumkin

AlphaFold avval boshqa dorilarni yaratishda ham samara ko‘rsatgan edi, ammo bu — uning rakka qarshi birinchi klinik sinovi hisoblanadi.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
1😁1
Forwarded from PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI) (Doctor Muxtorov)
👶 Lanugo — chaqaloqning ona qornidagi ilk sochlari

Lanugo — bu embrional davrda paydo bo‘ladigan juda mayin, nozik va shaffof sochlar bo‘lib, chaqaloq tanasini deyarli to‘liq qoplaydi. Ular odatda 16–20-haftalarda bachadonda homilaning terisida paydo bo‘ladi va 28–32-haftalarda sekin yo‘qolishni boshlaydi. Lanugo homilaning tug‘ruqqacha rivojlanish darajasi haqida bilvosita ma’lumot beradi.

Muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda lanugo ko‘p bo‘ladi. Muddatiga yetib tug‘ilgan chaqaloqlarda esa u odatda yo‘qolgan bo‘ladi yoki faqat yelkalar, bel yoki quloq orqasida qolishi mumkin.

Lanugo tug‘ilgandan keyin bir necha hafta ichida to‘kilib ketadi — bu normal fiziologik holat hisoblanadi.

❗️Eslatma: Agar yangi lanugo o‘sishi keyingi haftalarda davom etsa yoki ichki endokrin kasalliklar fonida kuzatilsa, bu holda pediatr ko‘rigi zarur.

💬 Siz bu haqida ilgari eshitganmisiz? Yoki farzandingizda kuzatganmisiz? Fikringizni izohda qoldiring!

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
😁1
Forwarded from PHARMAKON
Siz vrach, hamshira, farmasevt yoki tibbiyot oliygohi talabasimisiz?

O‘zingizga ma’qul ish qidiryapsizmi?


Sizlarga butun respublika bo‘ylab, tibbiyot yo‘nalishidagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot beruvchi kanalni tavsiya qilamiz.

MED VAKANSIYA kanali sizga o‘zingiz xohlagan ishni topishda ko‘makdosh bo‘ladi.

Kanalimiz manzili quyida👇👇👇
https://www.tgoop.com/joinchat-4Wn0usZYro85YTBi
Forwarded from Doctor Muxtorov
⚠️ Ot dumi sindromi (cauda equina sindromi) — bu favqulodda nevrologik holat bo‘lib, orqa miya sohasidagi bosim yoki shikastlanish natijasida asab ildizlari ishdan chiqadi.

Belgilari:

🔹 Belning kuchli og‘rig‘i
🔹 Son, dumba yoki oyoqlarda uvishish, karaxtlik
🔹 Oyoqlarda kuchsizlik
🔹 Siydikni ushlab turolmaslik yoki hojat chiqarolmaslik
🔹 Jinsiy funksiyaning buzilishi
🔹 "Egar" shaklidagi dumba sohasida hissiyot yo‘qolishi

🛑 Eslatma: Bu alomatlar paydo bo‘lsa, kechiktirmasdan shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qiling! Tezkor jarrohlik aralashuvi ko‘p hollarda asab funksiyasini saqlab qolishga yordam beradi.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
😱1
⚡️Olimlar ko’rlikni yengishdi — FDA 30 daqiqada 70 yoshlilarning ko’rish qobiliyatini 20 yoshdagilardek tiklaydigan VIZZ tomchi dorisini tasdiqladi.

— VIZZ inson ko’z qorachig'ini kamera diafragmasi kabi toraytiradi va ko’zoynaksiz istalgan masofada fokusni tiklaydi.

— Aseklidin faol moddasi birinchi marta yoshga bog’liq ko’rlikni davolash uchun tasdiqlandi. Uni hech qanday nojo’ya ta'sirlari yo’q.

— Dori ta'siri 10 soat davom etadi.

— Uni ishlab chiqish 20 yil davom etdi. Tomchi dori 2025-yil oxirigacha sotuvga chiqariladi.

Bu asr inqilobidir — milliardlab odamlar ko’zoynaksiz ham yaxshi ko’ra olishlari mumkin bo’ladi.

Kanalga ulanish👉 @Medosferauz
Forwarded from MAQSUD MUXTOR
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BIRINCHI NOMZODNI TOPDIK!

Assalomu alaykum, aslzoda ko‘rarmanlar.

O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo yuborgan pullar va Moʻtabarhon hoji ayamizning "Pensa" pullari o‘z egalarini topmoqda. Birinchi nomzodimiz - Erkinova Mahliyo!

"O‘g‘ilga ta’lim bersang bir kishiga ta’lim bergan bo‘lasan,  qizga ta’lim bersang jamiyatga ta’lim bergan bo‘lasan!"deganlaridek, Mahliyohon singlimiz ham yaxshi o‘qib, yurtimizga qaytib, jamiyatimizga nafi tegadiganlardan bo‘lishiga ishonamiz!

Jadid bobolarimizning ishlarini davom ettirayotgan - O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning bu ishlari, jamiyatimizda ta’limga bo‘lgan e’tiborni yanada oshishiga xissa qo‘shadi degan umiddamiz!

Jamiyatimizda Iqbol Mirzodek ziyolilar, oxirgi "Pensa" pullarini ham ta’limga atab ketgan Moʻtabarhon hoji ayadek onalar, bitta o‘qituvchilik kasbi orqali 4 nafar farzandini ham oliy ma’lumotli qilayotgan Mahliyohonning onalaridek insonlarimiz ko‘paysin, Ilohim!

Bahodir ISKANDAROV!

@Maqsud_Muxtor
👏1
Forwarded from O'zbekiston shifokorlari
🧠 Olimlar Altsgeymer kasalligini yengishdi — ular hatto unutilgan xotiralarni tiklashni ham o’rganishdi.

Ma'lum bo’lishicha, xotirani yo’qotishning asosiy sabablaridan biri miyadagi litiy miqdorining pastligidir.
Sichqonlar ustida o’tkazilgan tajribalarda muntazam litiy qo’shimchasi miyani yoshartirdi, xotirani tikladi va kasallikni butunlay to’xtatdi.

Litiy, shuningdek, Altsgeymer kasalligidan doimiy himoya qiluvchi profilaktik chora sifatida ham ishlaydi.

Oldinda klinik sinovlar va tibbiyotda inqilob qilishi mumkin bo’lgan dorini ommaviy ishlab chiqarish yo’lga qo’yilishi kutilmoqda.

Kanalimiz👉@Doctors_Uzbekistan
2
Forwarded from O'zbekiston shifokorlari
Jarrohlik amaliyotida kesilgan to‘qimalarni tikishsiz davolash usuli ishlab chiqildi

Endi operatsiya uchun kesilgan tana qismlarini yangi tibbiy yelim yordamida birlashtirish mumkin. Mazkur modda nam to‘qimalarga atigi 30 soniya ichida yopishib qoladi. Buning uchun uni maxsus ko‘k nur bilan yoritish kifoya. Qalinligi va suvni itaruvchi (gidrofob) xususiyati yelimning hatto ho‘l yuzalarda ham mustahkam turishini ta’minlaydi.

Kanalimiz👉@Doctors_Uzbekistan
2
"O'zbekiston shifokorlari" telegram kanaliga barcha shifokorlarni taklif qilamiz!

📄 Tibbiyot yangiliklari
-dunyodagi
-O'zbekistondagi
🪩Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlari
📚Kitoblar
🩺Ilmiy maqolalar
🗯Qiziqarli memlar, suratlar
📜Tibbiyotga oid farmonlar, qarorlar

Bularning hammasi quyidagi manzilda👉
https://www.tgoop.com/doctors_uzbekistan
2025/09/29 21:18:10
Back to Top
HTML Embed Code: