tgoop.com/kamoloff_log/266
Last Update:
Yaqinda jamoamiz bilan tushlik paytida imtihonlar haqida gap ketti.
Beloruslik jamoadoshim qanaqadir Mechanical Engineering (aniq esimda yo'q) imtihoni qanaqa qiyin bo'lishi, formulalar juda qiyinligi haqida gapirishni boshlagandi, Shveytsariyalik boshqa biri formula qiyinligini nima aloqasi bor deb qoldi, qo'lingda kitobing bo'ladi formulani o'shandan topib yechaverasan deb qoldi. Ya'ni Shveytsariyada imtihonga kitob, formula daftar, cheatsheet va h.k.larni olib kirish mumkin ekan, faqat elektron qurilmalarga ruxsat berilmas ekan.
Uning fikricha, xuddi real hayotda oldimizda qanaqadir muammo turganda uni faqat xotiramizdagi bilimlar bilangina emas, o'zimizga kerak narsa qidirib topish, mulohaza qilish orqali yechganimizdek, imtihonda ham bizning xotiramiz emas, fikrlashimiz va bilimimiz tekshirilishi kerak.
Siz nima deb o'ylaysiz?
Update:
“В сущности, в школе нам часто навязывают совсем не те правила, по которым живет реальный мир. Это приводит к невероятно сильному стрессу в тот момент, когда мы покидаем школу и начинаем искать свой путь в жизни.”
© Почему никто не рассказал мне это в 20? Тина Силиг
@kamoloff_log
BY kamoloff.log
Share with your friend now:
tgoop.com/kamoloff_log/266