Telegram Web
Soyalar

Kanalimdan so'ramasdan video va ma'lumotlarni olib, hech qanday mualliflik huquqiga e'tibor bermasdan "kanali" yoki "boti"da e'lon qiladiganlar ko'payib ketmoqda.

Ularning o'zini ovutadigan bahonalari:
• Nima qilibdi, biror joyingiz kamayib qolmaydiku
• Odamlar ko'rishi uchun chiqargansizku, men ham odamlarga yetib borishiga xizmat qilyapman.
• Sizniki ekanligini isbotlang 😁. (shirali ovozimdan aniqlasa ham bo'ladiku). Va boshqa bahonalar....

Haqiqatan meni hech qayerim kamayib qolmaydi, lekin meni jahlimni chiqishiga sabablar ham bor:
• Hamma ruscha yoki inglizchadan olib kanaliga joylashi tabiiy. Lekin tayyorini "uxlatish" ish emasda.
• Birovni muvaffaqiyatiga taqlid qilib oxir oqibat hech kim bo'lmay qolishlariga achinaman 😔.
• Birovning haqqi degan tushuncha ham bor (qonunlarda ham dinimizda ham).

Umuman olganda kanalimdan maʼlumot olib tarqatish bo'yicha ko'pchilik ruhsat so'raganda yo'q demaganman. Chunki men bu narsalarni xalqimizning savodxonligi oshishi uchun yaratmoqdaman. Biroq "birov chaynagan narsani yeb katta bo'layotganlarga" rahmim keladi.

Bu mavzuga boshqa qaytmayman. Chunki olg'a yurishda davom etishimiz kerak, sababi o'rganishimiz kerak bo'lgan narsalar hali anchagina.

💼 @ka_projects
Ma'noli dunyo (facebook)
#sahifa

Manzil:
https://m.facebook.com/manolidunyo
Ishga tushirilgan sana: 28.08.2015
Loyiha rahbari: Valijon Maxmudov

💼 @ka_projects
KA Projects
Ma'noli dunyo (facebook) #sahifa Manzil: https://m.facebook.com/manolidunyo Ishga tushirilgan sana: 28.08.2015 Loyiha rahbari: Valijon Maxmudov 💼 @ka_projects
Loyiha haqida: Unutilgan loyihalarimdan biri 😔.
Yaratilish tarixi quyidagicha:
Yoshligimdan hikmatli gaplarga qiziqar edim, ularni shaxsiy bloknotimga yozib yurardim. Vaqt o'tishi bilan bloknot eskirib, baʼzan baʼzi sahifalari yirtilishini boshlaganidan keyin mavjud aforizmlarni birorta ijtimoiy tarmoqlarda saqlashim kerakligini angladim va ushbu sahifani ochib, keyinchalik ham uchragan aforizmlarni joylab bordim.

Ushbu loyihani reklama qilganimni eslolmayman, o'zi bilan o'zi mashhur bo'lib hozirda 3.2k dan ortiq obunachiga ega.

Ushbu sahifadagi oxirgi postim 10/04/2019 da joylangan ekan.

💼 @ka_projects
📊 СТАТИСТИКА БОТА

@UzIELTSbot
▪️Создан: 10.05.2021

▪️Пользователей: 8888
▫️Активных: 8888
▫️Удаленных: 0
▪️Админов: 0

▪️Структура бота:
▫️Кнопок: 152 / 400
▫️Сообщений: 541 / 800
▫️Переменные: 1 / 1
▫️Бонусные кн.: 0 / 0
▫️Кнопки фикс.обм.: 0 / 0
▫️Кнопки курс.обм.: 0 / 0
▫️Кнопки вывода: 0 / 0
▫️Action-ы: 0 / 0
🥳
@kompyuter_akademiyasi kanali admini sizningcha oyiga kanalidan qancha daromad qiladi?
Anonymous Poll
19%
1 mln so'mdan kam
21%
1-3 mln so'm
22%
3-5 mln so'm
38%
5 mln so'mdan ko'p
Majburiy a'zolik

👮‍♂ Majburiy a'zolik - biror botdan to'laqonli foydalanishingiz uchun biror kanalga aʼzo bo'lishingiz shart ekanligi.

❇️ Bu usulni ham rivojlanishning bir usuli deyish mumkin, agar...
• kanalingiz ulangan bot kanal yo'nalishiga yaqin bo'lsa;
• botda sunʼiy oshirishlar qo'llanilmasa.

Bu usulning kamchiliklari:
• Ma'lum vaqt o'tganidan keyin ushbu aʼzolik orqali o'tgan juda katta auditoriya kanalni tark etadi, chunki ularning maqsadi botdan to'liq foydalanish edi.
• Bu usul qisman nakrutkaga o'xshashi mumkinligi. Bunga sabab ushbu metod orqali kanalda befarq auditoriya yig'ilishi hisoblanadi. Buning yechimi esa vaqti vaqti bilan nofaol auditoriyadan kanalni tozalab turish hisoblanadi.

Bu usulning afzalliklari:
• Ko'p auditoriya ketgan taqdirda ham kanalingiz majburiy a'zolarning ma'lum qismiga yoqishi va doimiy a'zoga aylanishi mumkinligi.
• Aniq natija. Siz bot egasi bilan kelishishda aniq a'zolar sonini kelishasiz va shunga yarasha pul to'laysiz. Bu esa reklamaga qilinadigan xavfdan holi bo'lish degani.

Bu usulni kanalimga bir necha marotaba qo'llaganman va qo'llab kelmoqdaman. Kanalimdan ketib qoluvchilar soni juda katta emas, demak bu usul menga foyda beryapti ekan. Bu usul haqida fikringiz qanday?

💼 @ka_projects
🧠 Bilim - bu qudrat!
#kanal

Manzil: https://www.tgoop.com/bilim_bu_qudrat
Ishga tushirilgan sana: 20.10.2021
Loyiha rahbari: Valijon Maxmudov

💼 @ka_projects
KA Projects
🧠 Bilim - bu qudrat! #kanal Manzil: https://www.tgoop.com/bilim_bu_qudrat Ishga tushirilgan sana: 20.10.2021 Loyiha rahbari: Valijon Maxmudov 💼 @ka_projects
Loyiha haqida: Bir kunda g'oyasi kelib, shu kuni yaratib, kontent bilan to'ldirib e'lon qilingan kanal.

Turli sohalar bo'yicha testlar kuniga 6 donadan berib boriladi. Xudo xohlasa faqat savodli auditoriya yig'amiz.

🔄 Tah.: Loyiha boshqa insonga sotilgan.

💼 @ka_projects
ExcelDarsBot
#bot

Manzil: https://www.tgoop.com/exceldarsbot
Ishga tushirilgan sana: 22.10.2021
Loyiha rahbari: Valijon Maxmudov

💼 @ka_projects
KA Projects
ExcelDarsBot #bot Manzil: https://www.tgoop.com/exceldarsbot Ishga tushirilgan sana: 22.10.2021 Loyiha rahbari: Valijon Maxmudov 💼 @ka_projects
Loyiha haqida: Alhamdulillah, eng tez ishga tushgan loyihalarimdan biri bo'ldi. 22-oktabr kuni yaratishni boshladim va 26-oktabr kuni e'lon qildim.

Nasib qilsa bot Excel'ni o'rganishda kerak bo'ladigan hamma narsa bilan to'ldiradi. Bu loyihamga mehrim boshqacha.

Balki buning qarindoshlari (Word, PowerPoint) bo'yicha ham bot yaratarman. Lekin ular Excel'chalik qiziqarli deb o'ylamayman. Har ehtimolga qarshi bot nomlarini band qilib qo'yganman 😉.

💼 @ka_projects
Bepul ta'lim
#kanal

Manzil: https://www.tgoop.com/bepul_talim_uz
Ishga tushirilgan sana: 29.10.2021
Loyiha rahbari: Valijon Maxmudov

💼 @ka_projects
KA Projects
Bepul ta'lim #kanal Manzil: https://www.tgoop.com/bepul_talim_uz Ishga tushirilgan sana: 29.10.2021 Loyiha rahbari: Valijon Maxmudov 💼 @ka_projects
Loyiha haqida:

🌐 Bepul ta'lim - internet tarmog'ida mavjud bo'lgan, foydali, bepul va albatta o'zbek tilida bo'lgan kurslar, darslar, vebinar va ochiq darslar haqida ma'lumot berib boradi.

🏆 Berilgan imkoniyatlardan samarali foydalaning va buyuk kelajagingizni biz bilan birga barpo eting!

🤝 Kanal maqsadi: Bepul bilim ulashuvchilar bilan bepul bilim izlab yurganlarni bog'lash.

🔄 Tah.: Loyiha boshqa odamga berilgan!

💼 @ka_projects
⚡️Asosiy loyihalar⚡️

🔸 Kompyuter Akademiyasi (Telegram) - kompyuterni videodarslar orqali bepul o'rganish mumkin bo'lgan kanal.

🔹 Kompyuter Akademiyasi (Instagram) - kompyuterni o'rganish bo'yicha kichik videodars va taʼlimga oid qiziqarli rasmlar e'lon qilib boriladigan profil.

🔸 Kompyuter Akademiyasi (TikTok) - kompyuterni o'rganish bo'yicha kichik videodarslar e'lon qilib boriladigan profil.

🔹 Kompyuter Akademiyasi (YouTube) - asosiy kanalimiz o'chanidan keyin YouTube'da ochilgan yangi kanalimiz.

🔸 Muhandislar Maktabi (YouTube) - muhandislik sohasida faoliyat yuritayotgan insonlarga foyda beradigan turli xildagi ma'lumotlar kanali!

🔹 @ExcelDarsBot - Excel dasturini o'rganish bo'yicha videodars, maqola va kerakli fayllar jamlangan bot.

🔸 @OfisDarsBot - biz bilan o'qish yoki ishda uyalib qolmaysiz!

💰 Oʻzim yaratib, keyinchalik sotgan loyihalarim:
@UzIELTSbot
@UzAutoCADbot
@bilim_bu_qudrat

💼 @ka_projects
Bugun bismillah deb @foydali_link kanaliga 2-marotaba reklama berdim. Natija hozircha 0.5k atrofida, oldingisida 4.5k bo'lgan edi. Qani kutaylikchi...

💼 @ka_projects
YouTube'dagi obunachilar soni 20k dan oshdi 🥳

Bizni qo'llab-quvvatlab kelayotgan barchaga tashakkur! Xudo xohlasa hali hammasi oldinda.

😉 Agar Siz hali a'zo boʻlmagan boʻlsangiz marhamat: https://youtube.com/c/kompyuterakademiyasi

💼 @ka_projects
Sal qolgani haqida ).rar
109.5 KB
Sal qolishiga oz qoldi...

Arxivdan chiqarasiz va messages.html ga kirasiz. PDF qilay desam suhbat paytidagi rasmlar ko'rinmay qolar ekan. Fayl xavfsiz!

💼 @ka_projects
Sal qolsa KA'dan ajralib qolar edik 😅

ℹ️ KA'dan ajralib qolishimizga oz qoldi. Sal qolsa fishing qurboni bo'lar edim. Xudo asradi va to'g'ri yo'l ko'rsatdi, Alloh doimo asrasin. Nima bo'lgani haqida quyida batafsil aytaman. Yuqoridagi faylda brat bilan suhbat to'liq keltirilgan. Demak oldin uni o'qib olishingiz ham mumkin 😉.

Xullas, 15-yanvar kuni @giebels_Skillbox profil egasi menga KA yoqdi, skillbox'ni reklamasini joylaylik dedi. Meni kanalimda o'zbek auditoriya desam skillbox Markaziy Osiyoga ham kirib kelmoqda, oy oxirida o'zbek, qirg'iz va boshqa tillarda kurslarni e'lon qilishni boshlaymiz dedi. Va har bir reklama e'loni uchun $10 dan beraman dedi va men albatta qiziqdim, lekin Xudoga shukur shubhalanib turgandim.

Batafsil suhbatni tepadagi fayldan o'qishingiz mumkin...
"Tepgan" joyi haqida aytadigan bo'lsam brat https://skillbox-partner.ru/ dan ro'yxatdan o'tishimni so'radi va ro'yxatdan o'tdim, lekin pochtamga xabar kelmadi, bu esa signal edi. Aka bugun ro'yxatdan o'tishni yakunlashim kerakligini so'radi. Keyin huddi oldingidek ro'xatdan o'tdim va oxirida ularni sayti (arxiv ichidagi uni ham rasmi bor) orqali telegramga kirishimni so'radi va u bratga bu joyga ma'lumotlarimni kiritmayman, bu fishing'ga o'xshayapti dedim. U esa bu rasmiy sayt dedi, keyin esa Google akadan aka bergan linkni izlasam rasmiy link umuman boshqacha (https://partners.skillbox.ru/) ekan.

Akaga bular haqida aydim, u esa indamadi. Men esa yetarlicha xulosa qildim va yana bir bor Allohdan shuncha yillik mehnatimni saqlagani uchun shukronalar aytdim.

💥 Boshqalar uchun ham bir qancha maslahatlar beraman:
- Hech qaysi servis saytga telegramdagi ma'lumotlaringizni kiritmang va iloji bo'lsa telegramdan faqat rasmiy ilovari orqali foydalaning.
- Aytilgan sayt haqida albatta Google'dan yoki o'sha kompaniya saytidan izlang.
- Pul deb aqldan ayrilmang...

💼 @ka_projects
2025/06/16 18:23:59
Back to Top
HTML Embed Code: