Telegram Web
Bugun institutimning bir qancha joylariga kanalim bannerini yopishtirib chiqdim. Natija juda katta sezilarli emas, lekin ko'pchilikga foydasi tegsa kerak deb o'ylayman.

💼 @ka_projects
Mana bannerimiz 😎. Paint.NET dasturida Photoshop uchun tayyorlangan shablonni tahrirlab tayyorladim.

💼 @ka_projects
KA Projects
Kompyuter Akademiyasi (YouTube) #kanal Manzil: https://youtube.com/c/kompyuterakademiyasi Ishga tushirilgan sana: 01.06.2020 Loyiha rahbari: Valijon Maxmudov 💼 @ka_projects
YouTube'dagi kanalni bosh menyusini biroz tahrirlab chiqyapman.

🤪 Baʼzi playlist'lar ko'rinmay qolgan, birlashtiriladiganlar bor ekan.

Xudo xohlasa kechgacha tartiblaymiz 😉.

💼 @ka_projects
YouTube tekshiruvni kuchaytiribdi.

Oldin video yuklangandan keyin mualliflik huquqi bo'yicha tekshirar edi, hozirda esa ham ©️ ham reklama beruvchilarning talablariga mosligini tekshiryapti.

Endi sabrliroq bo'lamiz 😔

💼 @ka_projects
Forwarded from Allaev Uz
O’zbek tilida kompyuterlarni o’rgatadigan, kompyuter savodxonligini oshiradigan kontent juda kam. Lekin, menga bir kanal jo’natishdi. Kanal kontenti juda yoqdi. Endi kompyuterni o’rganmoqchi bo’lgan jiyanlarga, yoshlarga shu kanalni tavsiya qilyapman. Sizga ham tavsiya qilaman.

Link: @Kompyuter_akademiyasi




@allaevuzb

#tavsiya
Firuz Allayev Asaxiy.uz internet do’koni va Asaxiy | Books online kitob do’konlari asoschisi va rahbari hisoblanadi.

Bugun shu inson kanalimizni o'z bloglarida obunachilariga tavsiya qilibdilar.

Bunday ishonchdan so'ng kanalga foydali kontent tayyorlashga bo'lgan shijoat albatta oshadi. Ishlashda davom etamiz.

💼 @ka_projects
YouTube kanalimizdagi monetizatsiyani o'chirdim 😔

😎 YouTube kanalimizdagi monetizatsiyani o'chirishga qaror qildim. Bunga bir qancha sabablar mavjud:
- Monetizatsiyani yoqish bo'yicha muammolar (hudud taqiqi, tasdiqlovchi xat kelishi va h.k.);
- Kanal yo'nalishi yoki kontent pul ishlashga to'g'ri kelmasligi (o'rtacha videolar 300-400 ko'rishlar soniga ega bo'lmoqda);
- Foydalanuvchilarning asablarini ximoyalash (TV dagi reklamalar ham yetarli 😁).

💲Shu kunga qadar 11$ ga yaqin pul to'plangan edi.

🤝 Hamkorlik masalalari bo'yicha takliflaringiz bo'lsa: @wmteam95

▶️ YouTube'dagi kanalimiz

💼 @ka_projects
💻 Kompyuter Akademiyasining YouTube'dagi kanali obunachilari soni 10 000 dan oshdi 🥳.
@kompyuter_akademiyasi ga qachon nakrutka urilgandi?

Javob: hech qachon!

⚠️Nakrutka - obunachilar sonini sunʼiy oshirish (botlar va "o'lik profillar" hisobiga).

👀 Uzoqdan qaraganda kanalga nakrutka urilganga o'xshaydi. Chunki odam soni ko'p, postlarni ko'rishlar soni esa kam. Buni sababini bilish uchun yaqindan qaraymiz 🔎.

💻 Taʼlim sohasiga oid barcha turdagi kanal, guruh va boshqa loyihalarga talab boshqa turdagilarga nisbatan juda past (oddiy misol, o'zingiz nechi soat vaqtingizni internetdan ta'lim olishga sarflaysiz?). Shu sababli ham obunachilarning vaqti bo'lganda yoki biror muammoga duch kelishganda kanalda faol bo'lishadi va bu normal holat hisoblanadi.

Kanalga hech qanday nakrutka urilmagan, qaytanga har yakshanba kunlari maxsus bot bilan quyidagi toifadagi obunachilarni o'chiraman:
• o'chirilgan profillar;
• ancha oldin kirgan profillar;
• 1-6 oy davomida kanalga kirmagan profillar.

😎 Bu maʼlumotni o'zimni oqlash uchun emas, bu sohaga qiziquvchilar uchun tajriba sifatida joyladim.

💼 @ka_projects
22222 😎

💼 @ka_projects
UzIELTSbot - IELTS is easy with us!
#bot

Manzil: https://www.tgoop.com/uzieltsbot
Ishga tushirilgan sana: 04.07.2021
Loyiha rahbari: Valijon Maxmudov

💼 @ka_projects
KA Projects
UzIELTSbot - IELTS is easy with us! #bot Manzil: https://www.tgoop.com/uzieltsbot Ishga tushirilgan sana: 04.07.2021 Loyiha rahbari: Valijon Maxmudov 💼 @ka_projects
Loyiha haqida: Ingliz tilini yetarli darajada o'rganib, IELTS xalqaro imtihoniga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun eng sara va sinalgan resurslar jamlangan bot. Ushbu botga faqatgina eng foydali fayl va videolar qo'yib borishga harakat qilaman.

🆕 Loyihaga oid yangiliklar faqatgina @UzIELTSnews kanalida berib boriladi.

🔄 Tah.: Loyiha boshqa insonga sotilgan.

💼 @ka_projects
Ushbu kanalimiz uchun ham guruh ochildi. Savollaringizga javob olishingiz mumkin.

👉 @ka_projects_gr
2025/06/18 17:15:50
Back to Top
HTML Embed Code: