tgoop.com/ka_projects/7
Last Update:
Loyiha haqida: Men talabalik paytlarim (2015-yillari) dan kompyuterni o'rganishni boshlagandim. Ko'pchilik do'stlarim va ustozlarim kompyuter bo'yicha yordam so'rashar edi va ular asosan bir xil narsani bajarib berishimni so'rashardi.
O'shandan buyon barcha uchun qulay va tushunarli videodarslar yozishim kerakligi haqida o'ylab qoldim va kanalim loyihasini tuzib yurdim. 2020-yil pandemiya sababli ko'pchilik qatori men ham uyga "qamaldim". 2020-yil may oyiga kelib kanalni ochishim kerakligini angladim va ma'lumotlar to'plashga kirishdim. 20-may kuni KA'ni telegramdagi kanalini ochdim va shu zahoti 10 ga yaqin videolar va ma'lumotlarni joyladim.
✅ Kanalni yuritishda shior sifatida "Oddiy! Ishonchli! Foydali!" ni tanlaganman.
Oddiy - kanalda beriladigan barcha darslar oddiy tilda, hamma tushunadigan qilib beriladi.
Ishonchli - kanalga joylanayotgan ma'lumotlar va fayllar albatta tekshiriladi.
Foydali - berilayotgan ma'lumotlar va fayllar kimgadir foydali bo'lishi shart. Balki shu sababli ham kanalda o'yinlar haqida ma'lumotlar yo'qdir.
Kanalga birorta post tayyorlashda shu shiorga amal qilishga harakat qilaman.
Kanal xarajat va daromadi: KA'ni rivojlantirish uchun albatta reklama qilishim kerak edi. Chunki telegramni yomon tomoni undagi kanal yoki guruhlarni birovlar topishi biroz mushkul. Shu sababli hozirga qadar 500 ming so'mga yaqin (balki ortiq) reklama uchun harajatlar qildim. Kanal auditoriyasi ko'payganidan keyin (adashmasam oktabr oyidan boshlab) reklama sotishni ham yo'lga qo'ydim (@kaads) va hozirda kanal (+) ga kirgan. Kanaldan tushgan daromadni kanalni yuritishga yoki kontent sifatini oshirishga xizmat qiluvchi jihozlarni sotib olishga sarflash niyatidaman.
💼 @ka_projects
BY KA Projects

Share with your friend now:
tgoop.com/ka_projects/7