tgoop.com/junior_developer/1012
Last Update:
#tavsiya #tajriba
🧠 Sodda yechimlarni, murakkab yechimlardan ustun qo'ying (KISS printsipi)
"KISS printsipi" dasturlashda sodda va tushunarli kod yozishga qaratilgan bir tamoyil hisoblanadi. KISS so'zi "Keep It Simple, Stupid" degan iboraning bosh harflaridan tashkil topgan. Bu printsipga asosan, dasturchilar murakkab logika va arxitektura yordamida yozgan kodingizni kelajakda tushunishi, optimizatsiya qilishni va kengaytirishi kerak bo'ladigan dasturchilar haqida o'ylashlari kerak. Bu dasturchiga yarim yildan keyin o'zingiz aylanishingiz mumkin:) Kerak bo'lmagan joyda turli xil dasturiy tamoyillarni, arxitektura shablonlarini, dasturiy tillarning yangi xususiyatlarini v.k. ishlatishga urunmang! Chunki bu kodingizga ortiqcha murakkablik qo'shadi.
Sodda, tushunarli kod, genial va murakkab koddan yaxshiroq, chunki u o'qish va o'rganish, kengaytirish va debug qilish osonroq.
Loyihalaringizni arxitekturasini soddalashtirishga uruning. Bu sizga vaqt, xarajat va muammolardan tejaydi.
👉🏼 @FrontEnd 👈🏼
BY Frontend

Share with your friend now:
tgoop.com/junior_developer/1012