Yana biri seni yaxshi qilib qo’ymaydi
Yana bir kurs/tutorial ko’rish seni yaxshiroq qilib qo’ymaydi
Yana bir aqlli podkast eshitish seni aqlliroq qilib qo’ymaydi
Yana bir kitob o’qish seni o’zgartirib qo’ymaydi
Agarularga amal qilmasang
Yana bir kurs/tutorial ko’rish seni yaxshiroq qilib qo’ymaydi
Yana bir aqlli podkast eshitish seni aqlliroq qilib qo’ymaydi
Yana bir kitob o’qish seni o’zgartirib qo’ymaydi
Agar
“Kim bilganlariga amal qilsa Alloh unga bilmaganlarini ham o’rgatib qo’yadi” - Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v
❤69💯15👍12🙏7👏2
Forwarded from Vohid Karimov
Nega Yevropada bir xil joylarga boraveraman?
Yevropada yashashning eng katta avzalliklaridan biri bu ~30ta davlatga visasiz chiqa olishingiz. Bunga qaramay men bir xil joylarga sayohat qilaveraman: Berlin, Hamburg, Amsterdam, va Warsaw.
Nega? Javob oddiy — odamlar.
Men sayohat qilishni 2017-yilda boshlaganman. Schengen visa olib Yevropani aylanib kelganman (yana bir bor 2019-yilda). Munichga ko’chib o’tib 2022-2023 yillari juda ko’p Yevropa shaxarlarini kezib chiqdim. Instagramim rasmlarga to’lib ketgan.
Men uchun yana bir yangi shaxarni ko’rish uncha qiziq bo’lmay qolgan. Hozirda esa faqat maroqli va pozitiv odamlar bilan sayohat qilish imkoni bo’lsagina borishga rozi bo’laman. Yoki men borayotgan joyda yaqin qarindoshlar va do’stlar bo’lsagina boraman.
Bu safargi Berlinga bo’lgan sayohatim ham huddi shundek bo’ldi. Jahongir aka, Dilmurod, Javokhir, va boshqalarga mexmondo’stlik uchun tashakkur aytaman.
Positiv bo’ling va atrofingizga positiv odamlarni yeg’ing — xayotingiz mazmunli va go’zal bo’ladi.

🔥16👍6🥴2❤1⚡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FAANG ga o’qish bilan borgan yaxshimi yoki to’g’ridan to’grimi?
O’qishni bitirib ishlash kerakmi yoki yana o’qish kerakmi?
Kursdoshim Rustam bakalavrdan keyin to’g’ri Googlega keldi, men o’qish bilan kelib Bloombergga kirdim
Shu mavzu va umuman karyera haqida qiziq suhbat qildik
Ko’rilar : https://youtu.be/_jzRkZnFQLw

3🔥32👍16⚡5❤1
Bir do’stim bilan bo’lgan chat
Tajribam kam deb ishga topshirishga o’ylanayotganini aytdi
Bunaqa suhbatlar ko’p bo’ladi, o’ylaymanki bu situatsiya faqat do’stimda emas, shunga shu yerda qoldiraman

🔥33🫡8💯5💋4🤯1
Kichik yangilik
3 hafta oldin Bloomberg Londonga eventga taklif qilib qoldi
Mehmonxona, aviachipta, visa harajatlarini to’lab berisharkan
O’tgan hafta shoshilinch bo’lgani uchun “priority” xizmati bilan topshirgandik, mana bugun 4 kunda chiqibdi 🎉
Shunday qilib bu hafta 3-4 kun Londonda bo’laman

🎉38🔥14👍8👏7
Javohir Fikrlar 💭 - 1200 ta obunachi - 700 ta ko’rish
Choygram 🫖 - 300 ta obunachi - 900 ta ko’rish
Hulosa : silarga fikrlardan ko’ra choy qiziqmi? 🤔😅

🤣39💯7😁4👍3🙈2
Javohir Fikrlar
Kichik yangilik 3 hafta oldin Bloomberg Londonga eventga taklif qilib qoldi Mehmonxona, aviachipta, visa harajatlarini to’lab berisharkan O’tgan hafta shoshilinch bo’lgani uchun “priority” xizmati bilan topshirgandik, mana bugun 4 kunda chiqibdi 🎉 Shunday…
Uyga 🅱️ or!
Londondagi qisqa safar ham tugadi, Berlinga qaytdim
Tadbirdan maqsad, 2025-yil offer olganlarni yig’ib, ko’rishtirib ularni ishga tayyorlash ekan.
London ofis, Data departmentga ~20 ta atrofida odam, shu yil qo’shilarkan, va ularni hammasi deyarli Sentyabrda ish boshlaydi
Bu kandidatlar, ish boshida 6 haftalik Delta treningdan o’tarkan. Trening oxirida “job fair” bo’ladi, jamoalar o’zlari haqida, loyihalar, texnologiyalar, maqsadlar va mavjud positsiyalar haqida ma’lumot berisharkan
Keyin shunga qarab hamma o’ziga yoqqan jamoalarni tanlaydi, “team matching” o’sha paytda bo’ladi.
Undan tashqari qadrdonlar bilan ko’rishdim, ular bilan diydorlashdik…

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥29👍10❤4🏆2🥰1
Forwarded from Javohir Fikrlar
Tip
Birorta companyga ishga topshirishdan oldin Glassdoor dan usha companyni interview sahifasida kandidatlar interview etapigacha qanday yetib kelgani ko'rsatiladi. Agar online topshirib interviewga o'tganlar 80% dan baland bo'lsa referral qidirmasdan o'ziz topshiravering. Agar 50% dan past bo'lsa, referral topganiz yoki recruiterga direct chiqqaniz maqulroq
PS. Rasmda Google statistikasi

👍36💯9👌3🙏2🫡1
AI bilan balki insoniyat tarixidagi javob topish eng oson bo'lgan davrdamizdir, qanday qilib sog'lom bo'lish, pul topish, mutaxassis bo'lish, biznes qilish...
Qaniydi teskarisi bo'lsa, qancha qiyin bo'lsayam javoblarni qidirish va topish bizga bo'lsayu, unga amal qilib beradigan AI bo'lsa...

2😁43💯7😭4⚡3🌚2
Forwarded from Musayev blogi
Bakalavrni chetda o'qish xato...
Juda ko'p yosh uka-singillarimizning bakalavr bosqichini chetda, top universitetlarda o'qishga harakat qilayotgani va buning ortidan ustilarida tinimsiz ishlashayotganini ko'rish quvonarli. Lekin aynan bakalavrni chetda o'qishning boshqa bosqichlardan ko'ra hisobga olish kerak bo'lgan "narxlari" ko'proq va bu narxlar ba'zida foydalardan ko'ra ancha qimmatroq tushib ketishi mumkin.
— Haftasiga 20 soatdan ortiq ishlash
Agar chetda o'qish haftasiga 20 soatdan ortiq ishlash kerakligini anglatsa, bu juda katta qizil chiroq sifatida qaralishi kerak. Ayniqsa bakalavr davomida odatda o'z sohangizda emas do'kon, restoran yoki boshqa shu kabi minimum oylik beradigan va jismoniy charchatib tashlaydigan joylarda ishlashga majbur bo'lishingizni hisobga olsak. Boshidagi 2-3 oyda til, jamoaviy ish va boshqa ba'zi ko'nikmalaringiz oshsa ham, keyinchalik ular faqatgina ijara to'lovini to'lash vositasiga aylanadi.
Talabalik chinakamiga "oltin davrga" aylanishi uchun esa siz boshlang'ich 2.5-3 yillikni sohangizda maksimum bilim olish va qo'shimcha loyihalar, tadqiqotlar qilib o'tkazishingiz kerak, shunchaki qorningizni to'ydirib va ijarachini boy qilib emas.
— Universitet darslaridan ortolmay qolish
Dunyoning top universitetlarida o'qish - bu juda ko'p vaqtingizni universitet darslariga qaratishga majbur bo'lishingizni ham anglatadi. Lekin shu darajadagi universitetlarda ham dars tarkibi amaliyotdan ortda qolib ketishi doimiy uchrab turadi. Ayniqsa, hozirgi sun'iy intelleket zamonida.
O'qishdan keyin o'z o'rningizni topib ketish uchun esa haftasiga kamida 15-20 soat o'z qiziqqan sohangizni mustaqil o'rganishga yoki loyihalar ustida ishlashga sarflashingiz kerak. Faqatgina universitet darslariga ko'milib qolish esa sizni sanoatda kuchli mutaxassis bo'lishdan to'sib qoladi.
— Chinakam do'st orttira olmaslik
Chetda o'qish davomida butun dunyodan yuzlab tanish orttirganingiz bilan birortasi bilan chinakamiga do'stlasha olmasligingiz mumkin.
Sababi chinakam do'stlik paydo bo'lishi uchun qadriyatlar, qiziqishlar va kelib chiqish mos kelishi birga o'tkazilgan uzoq soatlardan ko'ra muhimroq. Chetdagi tanishlar bilan O'zbekistondagilardan farqli tarzda umumiy muammolar, hazillar va mavzularda birdaniga gaplashib ketish qiyin. Bu esa ular bilan aka-ukalardek do'stlashib ketishni ancha qiyinlashtirishi mumkin.
— Oiladagi o'rningiz shakllanmasligi
Maktab paytida ota-onangiz sizni bola sifatida ko'rishi va ro'zg'or tashvishlaridan uzoqroq tutishi tabiiy. 18-20 yoshlardan boshlab esa sekin-asta oilada o'z o'rningiz shakllanib, sizning fikrlaringizga quloq tutiladi.
Ammo oilangizdan juda uzoqda bo'lib, yilda bir marta uchrashib tursangiz ota-onangiz sizni ehtiyotlashda va oiladagi muammolardan uzoqroqda ushlashda davom etadi. Bu esa ulg'ayib bo'lganingizdan keyin ham oilangizda ma'lum o'rningiz yo'q ekanini his qilishingizga sabab bo'lishi mumkin.
— Qadriyatlar, qarashlar va o'zlikni yo'qotib qo'yish
18-19 yosh shunday yoshki, unda insonning qadriyatlari (ko'p holatda) hali to'liq shakllanib ulgurmagan va bir vaqtning o'zida umuman yangisini shakllantirish uchun ancha kech bo'ladi.
Bu yoshda butunlay yangi muhit, qadriyatlar va madaniyat doirasiga tushib qolganingizda o'sha muhit bir qismi bo'lishga kuchli xohish va harakat paydo bo'ladi. O'rgangan barcha an'analaringiz esa ko'zingizga streotip bo'lib ko'rinishi mumkin. Lekin aytganimdek sizda allaqachon ma'lum qadriyatlar shakllangan va ularni boshqasi bilan tag-tugi bilan o'zgartirib yuborish imkonsiz (va xato).
Yakunda bu qarama-qarshilik esa ichingizda "Men o'zi kimman?" degan tugalmas savol paydo qilib qo'yish xavfi mavjud.
Yuqoridagi sabablar birlashib esa bakalavrni chetda o'qishni yakunda xato qarorga aylantirib qo'yishi ham mumkin.
Mavzu bo'yicha fikrlaringizni albatta izohlarda qoldiring!
#discussion #bachelors #study_abroad
@Musayev_blogi

👍18❤10🔥7👎1🌚1
15-16 yoshlarim Ingliz tili o’rganib yurgan paytlar, dadam bilan uyda gaplashib yotganimizdagi suhbat:
Dadam : O’g’lim o’qishlar qale
Men : Yaxshi
Dadam : “Angliskiy” qale ketyabdi
Men : ha zo’r
Dadam : ha bo’masa bir tekshirib ko’raychi(dadam deyarli ingliz tili bilishmaydi)
Men : ha bemalol
Dadam : Do you smoke?
Men : yo’g’eee 🗿
Bo’ldi shu bilan test tugagan, boshqa savol bo’magan

😁84🗿6👍4👏1🤔1
Javohir Fikrlar
Pul va Vaqt O'zbekiston sharoitida yillik daromadingiz o'rtacha $100-300+ ming bo'lganidan keyin, qarzingiz bo’lmasdan o'z uyingiz va mashinangiz bo'lsa, umuman olganda Jeff Bezos, Elon Musk yoki Alisher Usmonov larning hayot sifati bilan siznikida unchalik…
O'zbekistonga kelganimdan keyin yana bir marta shu fikrlar esga tushib qoldi
💯21
Toshkentdagi Turin universitetini Mechanical Engineering fakultetini bitirib shu yo'nalishda ishlayotganlar yoki tanishi borlar bormi?
O’zbekistonda va Toshkentda qayerlarda shu yo'nalishda yaxshi stajirovka yoki tajriba olsa bo'ladi?
Ozgina maslahat kerak edi
O'rniga bemalol mendan ham hohlagan savolizni/maslahat so’rasangiz bo’ladi agar kerak bo’lsa
Kommentga yoki @javokhir_contact_bot ga yozvorishingiz mumkin
Rahmat

🙏10👎3🫡3😢2🤨1