tgoop.com/itspecuz/7350
Last Update:
#operatsion_tizim #internet
⚙️ Windows 10/11'da boshqa kompyuterni boshqaramiz
Har qanday Windows 10/11 foydalanuvchisi tizim bilan birga keluvchi “Быстрая помощь” ilovasi yordamida boshqa Windows 10/11 kompyuteridagi har qanday muammoni masofadan turib hal qilishga yordam berishi mumkin.
Windows 10/11'ga ichki o‘rnatilgan “Быстрая помощь” masofaviy boshqaruv dasturi ishlashi borasida TeamViewer'dan qolishmaydi va barcha Windows foydalanuvchilari uchun bepul va cheklovlarsizdir.
Foydalanish tartibi quyidagicha:
1️⃣. “Пуск” menyusining qidiruv satri yordamida “Быстрая помощь” izlab topiladi.
2️⃣. “Помочь другому пользователю” tugmasi bosiladi, Microsoft akkaunti orqali avtorizatsiya jarayonidan o‘tiladi. Qabul qilingan kod yordam olayotgan foydalanuvchiga ulashiladi.
3️⃣. Masofadagi foydalanuvchi kodni kiritganidan so‘ng, yordam taqdim etishda muhim hisoblanuvchi – “Получите полный контроль” yoki “Просмотр экрана” umumiy foydalanuv (общий доступ) parametri tanlanadi.
📝 Manba: @komputeer
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/7350