tgoop.com/itspecuz/7090
Last Update:
#smartfon #android #internet #security
🚫 Android'da ilovalarga internetdan foydalanishni cheklash (batareya va trafikni tejaymiz)
Qurilmaga o‘rnatilgan ko‘plab ilovalar fon rejimida internetdan foydalanadi: tahliliy natijalarni uzatadi, ma’lumotlarni to‘playdi, yangilanadi. Ushbu holatda batareya quvvati va trafik tezroq sarflanadi. Ilovalarning internetdan foydalanishini nazorat qilish uchun NoRoot Firewall mobil ilovasidan foydalanish tavsiya etiladi.
Ushbu xizmat sizga muayyan ilovalar uchun internetdan foydalanishni bloklash imkoniyatini beradi.
Ilovani qo‘llash tartibi quyidagicha:
1️⃣. “Start” tugmasiga bosing va VPN'ga ruxsatni taqdim eting.
2️⃣. “Pending”ga o‘ting va internetga kirish cheklanishi lozim bo‘lgan ilovalarni tanlang.
3️⃣. Agar ilova tizim bilan birgalikda ishga tushishini istasangiz “Auto start on boot” bandini faollashtiring.
📝 Manba: @bugnotfeature
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• NetGuard mobil ilovasi
• Windows'dagi dasturga Internetdan foydalanishni taqiqlash
• Windows brandmaueri (Firewall)ni o‘chirib qo‘yishning ikki usuli
• Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi?
• Windows Defender (Защитник Windows)ni tezkor o‘chirish
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/7090