tgoop.com/itspecuz/5629
Last Update:
#excel
Matn va sanani qanday qilib biriktirib yozish mumkin? 🔤🗓🤔
Agar siz shunchaki matn va funksiyani, masalan, =СЕГОДНЯ
'ni biriktirib yozishga urinsangiz — sizda formatlardagi farq bois kerakli natija yuzaga kelmaydi.
Buning amalga oshirish yo‘li esa quyidagicha:
— 1-qadam
Yangi yacheykada kerakli matnni kiriting. Masalan: (Привет! Сегодня )
— 2-qadam
Joriy sanani hosil qilish maqsadida =СЕГОДНЯ()
funksiyasini, keyingi (pastki) yacheykaga esa =ТЕКСТ(А1; ДД.ММ.ГГГГ)
funksiyasini qo‘llang. A1 o‘rniga =СЕГОДНЯ
funksiyasi qo‘llanilgan yacheykani ko‘rsating.
— 3-qadam=СЦЕПИТЬ
funksiyasi yordamida matn va siz oldingi qadamda matnli formatga o‘tkazgan sana keltirilgan yacheykalarni biriktiring.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/5629