tgoop.com/itspecuz/5517
Last Update:
#word
🔄 “Автозамена” (avtomatik almashtirish)ning foydali imkoniyatlari
Word'da bir nechta belgilar kombinatsiyasini bitta maxsus belgiga avtomatik almashtirish imkoniyati qoida bo‘yicha sozlangan. Ularga quyidagilar kiradi:
• Qalin strelka: <==
yoki ==>
• Oddiy strelka: <—
yoki —>
• Ikki tomonlama strelka: <=>
• Mahsulotlar va xizmatlar, copyright yoki yevro belgilari: (ТМ)
, (R)
, (C)
, (E)
• Emodzilar: :)
, ;)
, :|
, :(
Yuqorida keltirilgan belgilarni o‘zgartirish yoki o‘z belgilarimizni qo‘shish uchun menyu satrida Файл → Параметры → Правописания → Параметры автозамены ketma-ketligi bo‘ylab o‘tamiz.
📌 P.S.: (ТМ)
, (R)
, (C)
, (E)
belgilarini Параметры автозамены oynasida ko‘ra olish uchun, ushbu oynani ochishdan oldin klaviaturadan matn kiritish tilini inglizcha yoki ruschaga o‘lkazib turish (ALT + SHIFT
yoki CTRL + SHIFT
) tavsiya etiladi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Tezroq ishlash uchun Автозамена’dan foydalaning!
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/5517