Notice: file_put_contents(): Write of 18617 bytes failed with errno=28 No space left on device in /var/www/tgoop/post.php on line 50
IT specialist@itspecuz P.3328
ITSPECUZ Telegram 3328
#bilasizmi #internet #iPhone #hardware

iPod, iPhone va iPad so‘zlaridagi “i” harfi nimani anglatadi? ℹ️🤔

Bugungi kunda Apple so‘zi mevalar bilan emas, ko‘proq Stiv Jobs bilan bog‘liq bo‘lib qoldi. Deyarli, dunyodagi barcha insonlar iPod, iPhone va iPad so‘zlarini eshitgan. Bu texnikalarni ko‘pchilik ishlatadi-yu, lekin ulardagi “i” harfi nimani anglatishini hamma ham bilavermaydi. Bugun biz shu jumboqqa oydinlik kiritamiz.

Hammasi 1997-yilda Stiv Jobs Apple’ga qaytib kelganidan boshlandi. O‘sha vaqtlarda kompaniya og‘ir ahvolda edi. Kompaniya ichida xodimlar kichik-kichik guruhlarga ajralib olib, Apple’ning muvaffaqiyatsizliklarida bir-birlarini ayblashardi. Jobs qaytib kelgach, holatni yaxshilash uchun birinchi navbatda ishchi xodimlar va ishlab chiqariladigan mahsulotlar sonini kamaytirdi. Natijada, Apple faqat 4 xil modeldagi texnikalarni ishlab chiqaradigan kompaniyaga aylandi. O‘shanda ular ikki turdagi Mac stol kompyuterlarini va ikki turdagi noutbuklarni ishlab chiqarishardi.

“Biz bu kompyuterga pul tikyapmiz”, – dedi Stiv. “Buning uchun unga buyuk nom berish kerak.”

Har doimgidek Jobs ijodiy yetakchi sifatida yangi texnikaga nom tanlay boshladi va u oxiri “MacMan” nomini taklif qildi. Yaxshiyamki, u bu jarayonda ishtirok etgan yagona odam emas edi. Stiv Jobs va boshqa xodimlar bilan birga NeXT kompaniyasidan kelgan Ken Segall bu nomni eshitib shokka tushib qoldi. Natijada, unga qo‘shilgan kompaniyaning bir necha xodimlari nomni o‘zgartirish uchun bir nechta sabablarni “taxlab” tashlashdi. Oxir oqibat Stiv hamkasblari bilan birga “iMac” nomida to‘xtaldi.

“iMac juda ko‘p narsalarni qila oladigan Makintosh edi. Eng birinchi navbatda, u hali hech qachon kompyuter ishlatib ko‘rmagan odamlarni ham 10 daqiqada Internetga olib kirib qo‘ya olardi”.

Shunday qilib “i” harfi iMac kompyuterining eng asosiy funksiyasi bo‘lgan Internet ma’nosini anglatish uchun qo‘shildi. Keyinchalik, bu sodda va aniq nom yangi texnikaga qo‘yilgan eng munosib nom ekanligi ma’lum bo‘ldi hamda u Apple’ning “Think Different” (o‘zgacha fikrlash) g‘oyasiga ham mos kelar edi. Shuning bilan birga individuallik (individual), ta’lim (instruct), axborot berish (inform) va ilhomlantirmoq (inspire) prinsiplari Apple uchun muhim ahamiyatga ega edi. Bular Apple’ning hozirgi iPod, iPhone va iPad nomlariga kiritilgan asosiy qadriyatlaridir.

📝 Manba: @xabardoruz

👨🏻‍💻@itspecuz
👍1

tgoop.com/itspecuz/3328
Create:
Last Update:

BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/3328

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

The public channel had more than 109,000 subscribers, Judge Hui said. Ng had the power to remove or amend the messages in the channel, but he “allowed them to exist.” In the “Bear Market Screaming Therapy Group” on Telegram, members are only allowed to post voice notes of themselves screaming. Anything else will result in an instant ban from the group, which currently has about 75 members. Clear Over 33,000 people sent out over 1,000 doxxing messages in the group. Although the administrators tried to delete all of the messages, the posting speed was far too much for them to keep up. Telegram offers a powerful toolset that allows businesses to create and manage channels, groups, and bots to broadcast messages, engage in conversations, and offer reliable customer support via bots.
from us

Telegram IT specialist
FROM American