tgoop.com/itspecuz/2722
Last Update:
#mulohaza_uchun #maslahat
BU SHUNCHAKI IMTIHON!
(Dunyodagi barcha ota-onalar o‘qishi shart bo‘lgan maktub)
Singapurdagi o‘rta maktablardan birining o‘qituvchilar jamoasi imtihondan oldin ota-onalarga ushbu maktubni yuborishdi:
“Qadrli ota-onalar!
Hademay bolalarimizning imtihonlari boshlanadi. Barchangiz farzandlaringizning imtihonni yaxshi topshirishlari uchun tashvishlanayotganingizni bilamiz.
Ammo, iltimos, unutmang: ular orasida rassom bo‘lishni xohlayotganlar borki, ularga matematikani tushunishning keragi yo‘q;
bo‘lajak boshqaruvchilar borki, ular tarix yoki ingliz adabiyotiga qiziqishmaydi;
bo‘lajak musiqachilar borki, kimyo fanining bahosi ular uchun hech qanday ahamiyatga ega emas;
atletikachilar borki, jismoniy mashg‘ulotlar ular uchun fizika fanidan muhimroq...
Agar farzandingiz yuqori baho olsa, bu ajoyib! Biroq, bunday bo‘lmasa, iltimos, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchi va qadr-qiymatini tortib olmang! Ularga hammasi yaxshi ekanligini, bu shunchaki imtihon ekanligini ayting! Ular hayotda bundan-da kattaroq ishlarga qodirdir. Iltimos, ularga bahoning ahamiyati yo‘qligini ayting! Ularni seving va ayblamang!
Agar shunday yo‘l tutsangiz, ko‘rasizki, farzandingiz dunyoni zabt etadi!
Birgina imtihon yoki past baho ularning orzulari va iste’dodlarini tortib ololmaydi...
Hurmat bilan, o‘qituvchilar jamoasi.”
✍🏻 Go‘zal Ro‘ziyeva tarjimasi
📰 “Ma’rifat saodati” gazetasining 2019 yil 28 mart №6 sonidan olindi
📝 Manba: @informatika
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://www.tgoop.com/joinchat-AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/2722