Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
31866 - Telegram Web
Telegram Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda!
Ixtirochi talabamiz — Hikmataliyeva Mohlaroyim Azizbek qizi "Guldasta" dasturida

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakulteti 2-bosqich talabasi Hikmataliyeva Mohlaroyim Azizbek qizi o‘zining bilim, iqtidor va faoliyati bilan institut faxriga aylangan.

U “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lib, yaqinda Namangan MTRKning “Guldasta” dasturida mehmon sifatida ishtirok etdi.

Quyida ushbu dastur to‘liq shaklda e’tiboringizga havola etiladi.

Axborot xizmati
🔹Bizni kuzatishda davom eting
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
5👏3🔥2👌1
Audio
🎙 Talabalar radio faoliyatidan!

Bugungi dasturimizni tinglash uchun ilovani ko‘rib chiqing.🔍

Fakultetingizda yoki talabalar hayotida qiziqarli yangilik, g‘oya bo‘lsa, bizga yetkazib bering — navbatdagi sonlarda albatta yoritamiz!

🎙 Radiomiz faoliyatini XTA-AU-25 guruh talabasi Abdupattayeva Mushtariybonu olib boradi.


Axborot xizmati
🔹Bizni kuzatishda davom eting
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
2😍2❤‍🔥1🔥1🥰1🤩1🕊1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MENING O‘ZBEKISTONIM — YURAGIM URISHI!

Ba’zan tongda shunchaki osmonga qarayman…
Yorqin quyosh, tiniq havo, oppoq bulutlar orasida yuragimda bitta so‘z aylanadi — O‘zbekistonim!

Bu yurt – bolaligimning beg‘ubor kulgusi, onam tilidagi allasi, otam duosidagi kuch, ustozim sabrida yongan ishonchdir.

Bu yurt – qadimiy ilm-u madaniyat, adolat va mehmondo‘stlik bilan yo‘g‘rilgan, har bir toshida tarix, har bir yuragida g‘urur yashaydigan zamin.
O‘zbekiston — bu “biz” degan so‘zning mazmuni.

Bir xalq, bir yurak, bir orzu bilan yashayotgan millatning nomi!
Har gal bayrog‘imiz hilpirasa, yuragimda nimadir o‘zgaradi.

Chunki bu Vatan – mening ildizim, mening faxrim, mening O‘zbekistonim!

Axborot xizmati
🔹Bizni kuzatishda davom eting
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
13🔥2👍1
“Mening O‘zbekistonim” videorolik tanlovi – institut bosqichi!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil II-yarim yillik ish rejasining 18-bandi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan qabul qilingan qo‘shma qarorga muvofiq “Mening O‘zbekistonim” videorolik tanlovi o‘tkazilmoqda.

Mazkur tanlov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 3-oktabrdagi 02/61-07-3101-sonli xati hamda institut rektorining 2025-yil 15-oktabrdagi 122-A/O-sonli buyrug‘i asosida tashkil etildi.

Fakultet bosqichlarida saralangan 5 nafar iqtidorli talaba tomonidan tayyorlangan videoroliklar bugun hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Talabalar o‘z ijodiy ishlari orqali yurtimizga mehr, vatanparvarlik va yoshlar ijtimoiy faolligini ifodaladilar.

Tanlov natijalari tez orada e’lon qilinadi!

Axborot xizmati
🔹Bizni kuzatishda davom eting
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
6👍2
Forwarded from Edu.uz
#Mirziyoyev #tashrif #marifat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, xalqimizning boy tarixiy va ma’naviy merosini keng namoyish etishga qaratilgan ishlar bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Центр исламской цивилизации и ознакомился с проводимой работой по широкому представлению богатого исторического и духовного наследия нашего народа.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
5
ERMIRZAYEV ABBOS VAXOBJONOVICH PEDAGOGIKA FANLARI DOKTORI (DSc) ILMIY DARAJASINI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILDI

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti tadqiqotchisi Ermirzayev Abbos Vaxobjonovich 2025-yil 20-oktyabr kuni “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasini autentik materiallar vositasida takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Himoya institut huzuridagi PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik kengash majlisida o‘tkazildi. Kengash a’zolari tadqiqotchini pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga loyiq deb topdilar.

Ilmiy maslahatchi: pedagogika fanlari doktori, dotsent Misirov Sohibjon Abdupattayevich

Institut jamoasi Abbos Vaxobjonovichni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etadi!
Uning ilmiy muvaffaqiyati ta’lim tizimi taraqqiyotiga munosib hissa bo‘lib xizmat qiladi.

Axborot xizmati
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
16👍102👌2❤‍🔥1🎉1💯1
2025/10/21 17:12:23
Back to Top
HTML Embed Code: